Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə103/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Melanxolik temperament
hissiyotning sekin, lekin kuchli
ko’zg’aluvchanligi va barkaror bo’lishi bilan fark kiladi. Melanxoliklar
barkaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashki
ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash
bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi
mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay ko’ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo’min-kobil, yuvosh bo’ladilar, ko’pincha,
birov savol bilan murojaat kilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov
xafa yoki xursand kilish engil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu
xafalik uzok davom etadi, barkaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yinga tez



98
98


yopishib kirishmaydilar, lekin kandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar,
bunda chidam va matonat ko’rsatadilar.
Flegmatik temperament  hissiyotning juda sekin, kuchsiz ko’zg’alishi va
uzok davom etmasligi bilan fark kiladi Flegmatik temperamentli kishilar
hissiyotlarining tashki ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu xil temperamentli odamlarni
xursand kilish, xafa kilish yoki g’azablantirish ancha kiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu xil temperamentli
odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosik, harakatlari salmokli bo’ladi. Agar bir
faoliyatga kirishsalar, uni kat’iyat bilan davom ettiradilar.Flegmatik
temperamentli bolalar yuvosh, mo’min kobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka
aralashmaydigan, tortinchok va hech kimga tegmaydigan, birovni
ranjitmaydigan bo’ladilar.Agar birov ular bilan urish chikarmokchi bo’lsa,
o’zlarini chetga olishga harakat kiladilar. Ular shovkin-suronli, harakatli
o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki
bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil
bo’lmaydilar, lekin ular faoliyati yo’lga ko’yilsa, ancha kunt bilan ish
ko’radilar, yaxshi o’kib ketishlari mumkin.
Temperament hakidagi ta’limot dastlab kadimgi (bizning eramizdan oldingi
460—356-yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan.
Uning ta’limotiga muvofik sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham
ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari
o’rnashib koldi.
Gippokrat ta’limotiga muvofik, odamlarning temperament jihatidan turlicha
bo’lishi, ularning organizmidagi suyukliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda
bo’lishi bilan bog’likdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt xil suyuklik
(xilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha - shole), kon (lotincha —
sandus), (kora o’t — grekcha melanhole) va balg’am (grekcha — rhlegma)
bordir. Bu suyukliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z
vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati — kuruklikdir. Uning ishi
— organizmdagi kuruklikni saklab turish, ya’ni badanni kuruk tutishdir.
Konning xususiyati — issiklikdir. Uning ishi — organizmni isitib turishdir.
Kora o’tning xususiyati - namlikdir. Uning ishi badan namligini saklab turish,
uning namligini tutib turishdir. Balg’am (shilimshik modda)ning xususiyati
sovuklikdir. Uning ishi — badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga
muvofik, har kaysi odamda shu to’rt xildagi suyuklikdan biri ko’prok bo’lib,
ustun turadi. Bu aralashma (lotincha — temperamentum) lardan kaysi biri
ustun bo’lishiga karab, odamlar temperament jihatdan har xil bo’ladilar.
Xoleriklarda sarik o’t ustun; sangviniklarda kon; melanxoliklarda kora o’t;
flegmatiklarda esa balg’am (shilimshik modda) ustun bo’ladi, deb ko’rsatadi.
Gippokratning mana shu to’rt xil moddalar aralashmasi to’g’risidagi
ta’limotidan kelib chikkan temperament so’zi kadimgi zamonlardan beri
hozirgacha saklanib kelmokda.
I.P. Pavlov fikricha, Gippokratning to’rtta temperament tipiga to’g’ri
keladi:



99
99


a) kuchli muvozanatli va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik
temperament asosini tashkil etadi;
b) kuchli, muvozanatli inert (sustkash) tip og’ir vazmin tip. Flegmatik
temperamentning asosini tashkil etadi;
d) kuchli, lekin muvozanatsiz, ya’ni ko’zg’alish tormozlanishdan us-
tun chikadigan, kizg’in, jo’shkin, tip. Bu - xolerik temperamentning
asosini tashkil etadi;
e) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin