Modulli ta’limning asosiy mohiyati- O’quvchilar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashiga asoslangan o’quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturidan ko’zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish. An’anaviy ta’limda, dars ishlanmasida o’qituvchi darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini o’z zimmasiga yuklaydi, ya’ni o’quvchilarda muayyan tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va h.k. Modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan maqsadlariga uyg’un holda o’quvchilarning zimmasiga yuklatiladi. SHuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bo’lsa, unga muvofiq holda tadbirlar qo’llaniladi va erishish oson bo’ladi.
Modul dasturining didaktik maqsadini aniqlashda o’qituvchi Geografiyani o’qitishning didaktik maqsadlar majmuasi (DMM), ya’ni Geografiyani o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadni, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida, darsda foydalaniladigan modul dasturining didaktik maqsadi (MDM) ni, mavzu ajratilgan modullardan kelib chiqadigan xususiy didaktik maqsadni (XDM)ni aniq tasavvur kilishi zarur.
DMM - Didaktik maqsadlar majmuasi Geografiya o’quv fani yoki bobni o’rganishda ko’zda tutilgan maqsad bo’lsa, MDM – modul dasturining didaktik maqsadi - bu bir dars davomida erishilishi lozim bo’lgan maksad, XDM - xususiy didaktik maqsad bu - modul dasturidan o’rin olgan modullarni o’rganishdan ko’zlangan maqsadlar deb tushunmoq kerak.
Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishda o’qituvchi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
1. O’quvchilarga mustaqil o’zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o’quv materiali o’quvchilarning o’quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ular uddalay oladigan va shu bilan birga maksimal darajada qiyin bo’lmasligi kerak.
2. O’quvchilar o’quv materialini dasturda belgilangan vaqt doirasida egallashlari kerak.
3. O’qituvchi o’quvchilarni o’quv materiallarini mustaqil va ijodiy o’zlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lishiga erishishi lozim. Bunda, dastlab o’qituvchi darsga olib kiradigan axborotni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o’quvchilar o’qituvchi yordamida ikkinchi qismini ijodiy va mustaqil o’zlashtirishlari lozim. Keyin belgilangan mavzularni modulli dars shaklida o’tkazishni mo’ljallab, modul dasturlarini tuzadi.
Modul dasturining turlari va ularning mohiyati didaktik maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taqqoslaganda yaqqol ko’rinadi: