Tа’lim vаzirligi


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə14/15
tarix21.10.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#158658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O\'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI DARSLIK 2022 1

13-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO
REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI.
Reja:

  1. Xalqaro reyting va indekslar haqida maʼlumot, ularning dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri.

  2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiynormativ hujjatlar.

  3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.

1. Xalqaro reyting va indekslar haqida maʼlumot, ularning dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri.
Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib, mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurolyarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlagan holda tashqi siyosat olib bormoqda.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlilik, demokratik tamoyillarga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga taʼsir qilish kabilar tashkil etadi. Shuninglek, Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon eʼtirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonida ko‘plab xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘ldi, xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilib, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi.
Bu jarayonda mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy o‘zgarishlarni dunyo miqyosida eʼtirof etilishi borasida ham samarali ishlar qilindi va davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda taʼkidlash muhimki, ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida dunyo mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqlarning turmush darajasi yoki yashash uchun eng xavfsiz davlatlar kabi reytinglar muntazam eʼlon qilib boriladi, tahlil va taqqos qilinadi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar har qanday mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo‘nalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Аmmo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan yutuqlarini dunyo hamjamiyati eʼtiboriga taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, maqsadli saʼy-harakatlarni talab etishini taʼkidlash kerak. Bu jarayonlarda xalqaro reyting agentliklarining xizmati katta. To‘g‘ri, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘tkazar ekan, birinchi o‘rinda aholi turmushi farovonligini oshirish, huquq va manfaatlarini taʼminlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashni asosiy maqsad qilib belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlarini hamda insonlarning haq-huquqlarini taʼminlanishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini turli reyting agentliklari baholab boradi, ular ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni aslo eʼtiborsiz qoldirmaydi.
Chunki xalqaro hamjamiyatning eʼtiborini tortish, xorijiy investorlarning qiziqishini qozonish ko‘p hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining baholariga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi davrda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kuchli taʼsir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil ekspertlar xulosasi aks etgan reytinglar mamlakat xalqaro imijiga, kirib kelayotgan investitsiyalar miqdoriga katta taʼsir ko‘rsatadi. Binobarin, rivojlanib borayotgan va o‘z iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar mazkur reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo ayrim mamlakatlar eng nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori darajaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida ish olib borayotgani maʼlum. Zero, har qanday chet ellik investor muayyan qarorga kelishdan avval o‘zi qiziqayotgan davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risidagi obʼyektiv, mustaqil baholarni sinchiklab o‘rganib chiqadi.
Qayd etish kerakki, xalqaro reytinglarni tuzuvchi agentliklar iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda turli usullardan foydalanadi. Shu boisdan investorlar o‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining maʼlumotlariga tayanib qolmasdan, bir qancha reyting ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga harakat qiladilar. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reyting mavjud, ulardan 50 taga yaqini taʼsir darajasi yuqori mezonlar sirasiga kiradi. Global raqobatbardoshlilik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, sanoat raqobatbardoshliligi indeksi, global innovatsion indeks, inson salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi shular jumlasidandir. Аna shu kabi asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning ham munosib o‘rinlarda bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
2.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiynormativ hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reytinglar tizimiga integratsiyalashuvidan ko‘zlangan asosiy mezon va maqsadlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu masala yuzasidan qator fikr va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish va boshqa vazifalar belgilangan edi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, reytinglar ichida eng mashhurlari, investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga “Standard and Poors”, “Moodys”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik auditorlik va konsalting kompaniyalari tomonidan eʼlon qilib boriladigan baholash mezonlarini ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham kiritilishi bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Biroq bu ishlarni hozircha qoniqarli deb bo‘lmaydi. Аytaylik, bir qator indekslar bevosita investitsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni eʼlon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar indeksi (FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga qamrab olgan holda qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi global konsultatsion kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40 ta mamlakat bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi.
Аfsuski, mazkur indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha mamlakatimiz yo‘q. Bu esa yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va jozibador bo‘lmasin, uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas ekan, bir joyda depsinib turilaveradi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni taʼminlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq vazifalar 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib borilayotgani alohida eʼtiborga molik. Yaʼni:

  1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholashning milliy tizimi, yaʼni Milliy monitoring tizimining yaratilishi.

  2. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqish darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining joriy etilishi.

  3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.

Shu yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda mamlakatimizni xorijlik investorlar uchun yanada jozibador hududga aylantirish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi va investitsion imijini keskin yuksaltirishga xizmat qiladigan vazifalar bayon etilgan. Qarordan kelib chiquvchi asosiy strategik maqsad mamlakatda 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Mazkur qarorda taʼkidlanganidek: “So‘nggi bir necha yillar davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativhuquqiy hujjatlar bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subʼyektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda”.
Аnglashilmoqdaki, O‘zbekiston 2022-yilga qadar yana kamida 56 pog‘ona yuqorilashi kerak.
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir maʼlumotni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni taʼminlanishi”, deya qayd etilgan edi.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Аyniqsa, xalqaro reyting agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun juda katta yutuq.
Masalan, O‘zbekiston Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 5-pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19-pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18-pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir. Xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan eʼtibori, chet el investorlarining qiziqishini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Demak, bu masalaga jiddiy qarash kerakligini hayotning o‘zi talab etadi. Аmmo ayrim sohalarda reytinglar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani oqibatida yetakchi xalqaro reyting va indekslarda
O‘zbekiston hamon quyi pog‘onalarda qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan qayd etib o‘tilgan kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Farmonda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting hamda indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni bajarish jarayonida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi.
3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish ham Respublika Kengash (yuqorida qayd etilgan) oldidagi asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash belgilangan.
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga taʼsiri nuqtayi nazaridan kompleks baholab boriladi.
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishini nazorat qilib boradi. Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari masʼul bo‘lgan reyting va indekslarning eʼlon qilinishi uchun eʼlon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari eʼlon qilib borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda ishtirok etayotgan mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab beradi. Unda yuqori o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, yangi g‘oyalar ham oqib kelishi barchaga maʼlum.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha tashkil etilgan Respublika Kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari sifatida Moliya va Аdliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda” yagona portali ham ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini taʼminlash va uni yangilab borish uchun masʼul etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Shu bilan birga, masʼul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Аdliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:

  1. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;

  2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;

  3. Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga taʼsiri nuqtayi nazaridan kompleks baholab borish. Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri bo‘lib, u bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat:
Tt/r Toifalar nomlanishi Joriy holat 2020-yil 2022-yil 2030-yil
Suveren kredit reytinglar (Sovereign Credit Ratings)

  1. Fitch Ratings «BB-»

(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-» (ijobiy)

  1. S&P Global Ratings «BB-»

(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-»
(ijobiy)
2 “Biznes yuritish” indeksi (Doing Business Index) 69,90 (69o‘rin) 72,43 77,08 89,36

  1. Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (Starting a Business) 96,2

96,2 97,2 97,45

  1. Qurilish uchun ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction

Permits) 61,7 64,7 70,7 88,2

  1. Elektr taʼminoti tizimiga ulanish (Getting Electricity) 86,9

88,4 91,4 97,4

  1. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (Registering Property) 67,9 70,9

76,9 91,9

  1. Kredit olish (Getting Credit) 65 70 75 90

  2. Minoritar investorlarni himoya qilish (Protecting Minority

Investors) 70 72 76 90

  1. Soliqlar to‘lovi (Paying Taxes) 77,5 79 82 91

  2. Xalqaro savdo (Trading across Borders) 58,2 61,2 67,2 88,2

  3. Kontraktlar ijrosini taʼminlash (Enforcing Contracts) 71,9 74,4

78,9 85,9
210 To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish (Resolving Insolvency)
43,5 47,5 55,5 74,5
3 Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators) 31 Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi (Political Stabilityand Absence of Violence / Terrorism)
44,3 (136-o‘rin) 46,3 50,3 66,3

  1. Hukumat samaradorligi (Government Effectiveness) 39,1 (139o‘rin) 41,1 45,1 61,1

  2. Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 27,9 (184-o‘rin)

31,9 39,9 71,9

  1. Аholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and

Accountability) 17,7 (182-o‘rin) 21,3 28,5 57,3

  1. Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 28,5 (191-o‘rin) 31,5 37,5 61,5

  2. Korruptsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 28,6 (183o‘rin) 31 39 71,6

4 Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-Government
Survey)

  1. Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index) 0,62 (81-o‘rin) 0,66 0,70 0,86

  2. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi

(Telecommunication Infrastructure Index) 0,33 0,40 0,47 0,75

  1. Inson kapitali indeksi (Human Capital Index) 0,74 0,76 0,78

0,86

  1. Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi (Online Service Index) 0,79

0,82 0,85 0,97

  1. Elektron ishtirok etish indeksi (E-ParticipationIndex) 0,76

(59-o‘rin) 0,78 0,80 0,88

  1. “Korruptsiyani qabul qilish” indeksi (Corruption Perception Index) 25 (158-o‘rin) 27 31 65

  2. “Logistika samaradorligi” indeksi (Logistics Performance

Index) 51,55 (99-o‘rin) 56, 44 61, 28 80,61

  1. Bojxona 42,07 48,07 54,07 78,07

  2. Infratuzilma 51,40 56,40 61,40 81,40

  3. Xalqaro jo‘natmalar 48,47 53,47 58,47 78,47

  4. Logistika xizmatlarining sifati 51,75 55,75 59,75 75,75

  5. Yuklarni kuzatib borish imkoniyati 54,18 59,18 64,18 84,18

  6. Yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati 61,80

65,80 69,80 85,80

  1. Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity

Indicators of the World Bank) 64,4 67,8 74,4 100,0

  1. Iqtisodiy erkinlik indeksi (Economic Freedom Index) 57,2

(114-o‘rin) 57,2 63,6 82,3

  1. Huquq ustuvorligi Mulkchilik huquqi 59,1 59,1 63,8

82,8
Sud faoliyati samaradorligi 34,20 34,20 43,02 78,30
Davlatning yaxlitligi 28,20 28,20 34,20 58,20

  1. Davlat aralashuvi darajasi Soliq yuki 91,60 91,60 92,42

95,70
Davlat xarajatlari 74,70 74,70 77,64 89,40
Fiskal salomatlik 98,90 98,90 98,80 99,50

  1. Tartibga solish samaradorligi Biznes erkinligi 72,60 72,60

76,98 94,50
Mehnat bozori erkinligi 59,90 59,90 64,06 80,70
Monetar erkinlik 59,90 59,90 63,00 75,40

  1. Bozorlarning ochiqligi Savdo erkinligi 67,60 67,60 68,80

73,60
Investitsiyalar erkinligi 20,00 20,00 40,00 80,00
Moliyaviy erkinlik 20,00 20,00 40,00 80,00
9 Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country risk classification) 5-guruh

  1. Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 0,71 (108o‘rin) 0,72 0,74 0,82

    1. Kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi indeksi 0,79 0,80 0,82

0,90

    1. Taʼlim indeksi 0,72 0,73 0,75 0,83

    2. Daromad indeksi 0,63 0,64 0,66 0,74

  1. Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project)

0,46 (94-o‘rin) 0,48 0,51 0,64

    1. Hukumat vakolatlarining cheklanganligi 0,33 0,35 0,39 0,55

    2. Korruptsiyaning mavjud emasligi 0,38 0,39 0,43 0,60

    3. Hukumatning ochiqligi 0,31 0,33 0,37 0,53

    4. Fundamental huquqlar 0,39 0,40 0,42 0,50 11.5 Tartib va xavfsizlik 0,91 0,91 0,92 0,96 11.6 Qonunlarga rioya etish 0,44 0,45 0,47 0,55 11.7 Fuqarolik odil sudlovi 0,51 0,53 0,57 0,73

11.8 Jinoiy odil sudlov 0,44 0,46 0,50 0,66

  1. Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi(Democracy Index)

2,01 (157-o‘rin) 2,07 2,29 4,8

    1. Saylov jarayoni va plyuralizm 0,08 0,09 0,5 4

    2. Hukumat faoliyati 1,86 1,95 2,2 5

    3. Siyosiy ishtirok 2,22 2,27 2,35 5

    4. Demokratik siyosiy madaniyat 5,0 5,1 5,3 6,0

    5. Fuqarolar erkinligi 0,88 0,95 1,1 4,0

  1. Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index)

53,07 (156-o‘rin) 47 38 20
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini tizimli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotganiga uzoq vaqt o‘tmagan bo‘lsada, ayrim sohalarda oldinga siljishlar kuzatildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning taʼkidlashicha: “Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi. Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YuNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha
hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga aʼzo davlatlar orasida 5 o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2 o‘rinni egallagan (2020-yil holatiga). Shuningdek, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib kelgan”.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi davlat siyosati, bu tegishli huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, birinchi navbatda, respublikada olib borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida eʼtirof etishga qaratilgan bo‘lsa, eng asosiysi, bu harakatlar xalqning farovonligi va turmush tarzining yaxshilanishi va haq-huquqlarining himoya qilinishi tizimining yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, yaʼni tegishli hukumat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro reyting va indekslarning (mustaqil) identifikator-laridagi reytinglari asosida baholanib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonini tezlash-tirishga, dunyo miqyosida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi.
Tayanch so‘zlar.
Demokratiya, jahon hamjamiyati, davlat, tashkilot, hamkorlik, tashqi siyosat, savdo, iqtisod, transport-kommunikatsiya, investitsiya, integratsiya, globalizatsiya, xalqaro reyting, indeks, identifikatsiya, logistika, korrupsiya, kredit, elektron hukumat.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirib bering.

  2. Xalqaro reyting va indekslar haqida nimalarni bilasiz?

  3. Bugungi kunda dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga xalqaro reyting va indekslarning taʼsiri qay darajada?

  4. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida qanday huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi?

  5. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib bering.

  6. O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini ko‘tarish uchun qaysi tashkilotlar masʼul qilib belgilandi?

Normativ-huquqiy hujjatlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7-mart 2019-yildagi

“Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-fevral 2019-yildagi “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25-fevral 2020-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2-iyun 2020-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoni.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  1. Ermetov А. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi masalalari / Uchinchi renessansning ilmiy-maʼnaviy asoslari / Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Navoiy, 2021. – B. 15-18.

  2. https://xs.uz/uzkr/post/ozbekistonning-khalqaro-rejting-vaindekslardagi-ornini-yakhshilashda-parlament-qandaj-jol-tutadi
    Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin