Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə19/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

2.2. Ta’lim muassasasi:
Korxona (tashkilot) bilan birga kasb (mutaxassislik)lar bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida dual ta’lim bo’yicha o’quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Korxona (tashkilot) bilan dual ta’lim berish bo’yicha o’qitish muddatlari hamda ta’lim oluvchi o’quvchilarning ro’yxatini tasdiqlaydi;
Dual ta’limni tashkil etish, o’quvchilarni korxona (tashkilot)ga yuborish, har bir o’quvchilar guruhiga ishlab chiqarish ta’limi ustasi yoki o’qituvchini biriktirish bo’yicha buyruqni rasmiylashtiradi;
Dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;
O’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining faoliyatini nazorat qiladi va ular tomonidan belgilangan tartibda ta’lim jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi;
O’quvchi kundaligi yuritilishini nazoratini olib boradi;
Korxona (tashkilot) bilan hamkorlikda o’quvchilarning baholash jarayonini va yakuniy davlat attestasiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Korxona (tashkilot) bilan kelishilgan holda dual ta’lim natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
3. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATLARI.
3.1 Mazkur shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi.
3.2 Shartnoma dual ta’lim asosida shakllantirilgan har bir o’quvchi (guruh) ning o’qishi davomida amalda bo’ladi.
3.3 Shartnomaga kiritiladigan qo’shimcha shartlar va o’zgartirishlarni Tomonlar o’n kun muddatda ko’rib chiqadi va qo’shimcha kelishuvlar bilan rasmiylashtiradi.
3.4 Kiritilgan qo’shimchalar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. TOMONLAR JAVOBGARLIGI.
4.1 Tomonlar mazkur shartnoma bo’yicha o’zining majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.
4.2 Tomonlar mazkur shartnoma bo’yicha o’zining tegishli majburiyatlarini bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslikda, agarda yechimi yengib bo’lmaydigan kuchlarga sabab bo’lgan taqdirda va holatlarda javobgarlikdan ozod etiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin