1. ShARTNOMA PREDMETI. 1.1 Mazkur shartnoma bo’yicha Korxona, O’quvchi uchun ____________________________ _________________________________________kasb (mutaxassislik)ni egallashi maqsadida Korxonada dual ta’limni tashkil etadi.
1.2 O’quvchi tomonidan __________________________________________________________ kasbi (mutaxassislik)ning dual ta’lim dasturlarini o’zlashtirish, shuningdek, ta’lim dasturining nazariy, o’quv-amaliy qismi professional ta’lim muassasasida, malaka hamda kompetensiyalarni shakllantirishni ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qism korxona (tashkilot)da tashkil etish hisoblanadi.
1.3 Korxonada dual ta’limning davomiyligi, nazariy va amaliy ta’lim muddatlari hamda yakuniy davlat attestasiyasi korxona (tashkilot) va professional ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanadigan o’quv jarayoni grafigi asosida belgilanadi.
1.4 O’quv yilida kamida ikki marta O’quvchi uchun umumiy muddatlari har bir kasb (mutaxassislik) bo’yicha ta’til belgilanadi. Ta’tillarning boshlanish va tugash muddatlari Korxona va professional ta’lim muassasasi bilan kelishiladi.
2. TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI. 2.1. Korxona: Dual ta’limning muddatlari hamda korxona (tashkilot)ga yuborilayotgan o’quvchilar tarkibi bo’yicha ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
Dual ta’lim jarayoni davrida o’quvchini mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qiladi;
O’quvchini korxona (tashkilot)da ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismi mobaynida belgilangan tartibda aniq ish joyi, ya’ni ishlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlaydi;
O’quvchilarni korxona (tashkilot) ustavi, ichki tartib qoidalar, tibbiy (sanitar), yong’in xavfsizligi qoidalari va boshqa umummajburiy standart va qoidalar hamda korxona (tashkilot)ga ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtiradi;
Har bir o’quvchi(lar)ga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini o’rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis usta biriktiradi;
Korxona (tashkilot)da dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini amalga oshirilishini ta’minlaydi va yetarli shart-sharoitlar yaratadi;
Ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarni korxona (tashkilot)ga borish-kelish, ovqatlanish, maxsus kiyim-kechak (forma) hamda ishlab chiqarish vositalari, xom-ashyo, yotoqxona (zarur hollarda) bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashi mumkin;
Dual ta’limning maqsad va vazifalariga asoslangan holda o’quvchilarga o’z ustaviga muvofiq amaliy jarayonlarda qatnashishga ruxsat berishni ta’minlaydi;
Korxona (tashkilot)da o’quvchilarga tibbiy-sanitariya qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, hayot faoliyati xavfsizligi va yong’in xavfsizligi talablariga javob beruvchi xavfsizlik choralarni ta’minlaydi;
O’quvchilarning korxona (tashkilot)da tashkil etilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlaydi;
Biriktirilgan usta tomonidan dual ta’lim dasturi, lavozim yo’riqnomalari va majburiyatlarni bajarilishini ta’minlaydi;
Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlariga muvofiq o’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’quv modullari asosida kasb (mutaxassislik) bo’yicha o’qitish natijalari (kompetensiyalar)ni baholash jarayonini tashkil etadi;
O’quvchilar kundaligi yuritilishini ta’minlaydi;
O’quvchining kasb (mutaxassislik)lari bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etishda qatnashadi.