Bitiruv malakaviy ishi “Dual ta’lim asosida o’quv jarayonini tashkil etish” mavzusi bo’yicha NamDU huzuridagi Kosonsoy sanoatda axborot texnologiyalari texnikumi misolida bajarilgan bo’lib, kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismidamavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati va ta’lim muassasasining asosiy ko’rsatkichlari tavsifi keltirilgan.
Mazkur ishning birinchi bobida Professional ta’lim tizimini shakllantirishda Davlat siyosati, professional ta’limni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, maqsadi va vazifalari, professional ta’lim muassasasida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik ishlari tashkil etish, dual ta’limni tashkil etish borasida xorijiy tajribalar yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida dual ta’lim tushunchasi, O’zbekiston professional ta’lim tizimida joriy etish zaruriyati, maqsadi va o’quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish istiqbollari yoritilgan.
Bitruv malakaviy ishning xulosa va takliflar qismida dual ta’lim asosida professional ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etish, talabalarga bevosita ishlab chiqarish bilan integratsilashgan holda sifatli bilim berish, malakali kasb-hunar egasi bo’lib, ularda mustaqil tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko’nikmalarini shakllantirish, ta’lim, kasb-hunarga o’qitishning shaklga nisbatan mazmunan takomillshgan usullarini joriy etish istiqbollari bayon etilgan. Mazkur masala bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni ommalashtirishga doir aniq takliflar berilgan.
Malakaviy ishni tayyorlashda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy va ommaviy adabiyotlar, internet saytlaridan foydalanilgan.
KIRISh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar va xotin qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash, yoshlarni zamonaviy kasb egallashlari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasbga yoʻnaltirish ishlarini yanada joylantirish hamda yangi professional taʼlim tizimining strategiyasi, asosiy ustuvor vazifalari belgilab berildi. Bugungi kunda umumtaʼlim maktablari 11-sinf oʻquvchilarining 25 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirsa, qolgan 75 foiziga kasb-hunar oʻrgatish orqali inson kapitalini rivojlantirish va kelgusida ularni daromad topish imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat bozorida oʻrta boʻgʻin kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni aniqlash takomillashtirilmoqda va aynan ish oʻrinlari uchun oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashning xalqaro tajribalarga asoslangan yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Bu esa oʻz navbatida barcha manfaatdor vazirliklar va idoralarning tizimli hamkorligini oʻrnatish va oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashda ishtirokini kengaytirish shuningdek, shaxslarni “Hayot davomida taʼlim olish prinsipi” asosida oʻqitish, hayotda oʻz oʻrnini topib ketishlariga koʻmak berish talab etiladi
Oʻzbekistonda shaklan va mazmunan mutlaqo yangi, uzluksiz professional taʼlim tizimi barpo etilishi, maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3 ta toifadagi taʼlim muassasalari tarmogʻi faoliyat koʻrsatishi belgilandi. 2020-yil 23-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatida taʼlim tizimi, turlari va shakllari belgilab berildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi yangi qonuni taʼlim tizimining transformatsiyasining taʼminlash va uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur qonunda professional taʼlimni alohida moddalar bilan yoritilganligi jahon mehnat bozorida oʻrta boʻgʻin kadrlarga boʻlgan ehtiyoj doimiy mavjudligidan kelib chiqib Oʻzbekiston sharoitida ham oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash dolzarb masala boʻlib qolishini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonda yangi professional taʼlim tizimini shakllantirish maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 6-sentyabrda qabul qilingan “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-sonli Farmoni asosida Kosonsoy sanoat, transport va aloqa kasb-hunar kolleji negizida Namangan Davlat Universiteti huzuridagi Kosonsoy sanoatda axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etilib, Kosonsoy tuman hokimining 2020-yil 16-sentyabrdagi 986-sonli qarori bilan Ustavi tasdiqlanib ruyxatdan oʻtkazildi. Texnikumning 820 oʻrinli oʻquv binosi, 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, 120 oʻrinli ovqatlanish joyi Namangan Davlat Universitetining 5 mlrd.soʻm moliyaviy mablaglari xisobiga taʼmirlanlandi, zaruriy jixoz va anjomlar bilan taʼminlanmoqda. Muassasa tasarrufida 1 ta 516.25 kv.m. maydonga ega yopiq qishgi sport zal, ochiq xolatdagi futbol, basketbol va boshqa sport oʻyinlariga moslashtirilgan sport maydonchalari mavjud boʻlib, ularni zamonaviy andozalarga moslashtirish orqali tuman, viloyat va respublika miqyosidagi sport musobaqalarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Texnikumning muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan muassasaning umumiy maydoni 32863.55 kv.m. tashkil etib, shundan binolar egallab turgan maydon 5791.63 kv.m., asfalt va boshqa turdagi qoplama maydon 12399.47 kv.m., koʻkalamzorlashtirladigan maydon 14672.45 kv.m.ni tashkil etadi. Umumiy foydalanishdagi ichki maydon 12442.74 kv.m.ni tashkil etib tarkibiga oʻquv binosi, oʻquvchilar turar joyi, tashqi va ichki xojatxona, qozonxona, oʻquv ustoxonasi, qorovulxona kiradi. Ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmogining maydoni 5791 kv.m.dan iborat. 4ta telefon nuqtalari mavjud boʻlib, muassasa optik tolali internet tarmogiga ulangan. Shu bilan bir qatorda 4 ta ustaxona, 5 ta kompyuter sinfi, 5 ta maxsus fan xonasi talabalarga o’quv, o’quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini olib borish uchun mo’ljallangan. (Jadval-1.1.)