Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

Boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi;
O’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi;
O’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi;
O’zbekiston Respublikasida professional ta’lim — iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi kadrlarga bo’lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida shaxslarning ta’lim olishiga mo’ljallangan.

  • Professional ta’limning maqsadi va vazifalari

Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida ta’lim olishga bo’lgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo’lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo’lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo’lgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash;
mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovasion o’quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg’unlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda o’qitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
ta’lim olish bilan birgalikda o’quvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida o’z biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qo’llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o’stirish hamda modernizasiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o’quv jarayoniga innovasiya shakllar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo’llab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro hamkorligini ta’minlash;
shaxslarning professional ta’lim muassasalarini ixtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaxassislik bo’yicha bilim olish, shuningdek, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan o’tish imkoniga ega bo’lish sharoitlarini yaratish;
professional ta’lim olish orqali shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishga bo’lgan individual ehtiyojlarini qondirish, o’quvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish hamda ularda mas’uliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin