Professional ta’limni tashkillashtirish
Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o’rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va texnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo’ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, o’quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko’nikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega bo’lishi ta’minlanadi.
Professional ta’lim sohalari bo’yicha ta’lim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Dual ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar.
Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat boʻlib, har biri shakliga koʻra turlicha boʻlgan taʼlim tizimiga ega. Taʼlim muassasalari asosan davlat tasarrufida boʻlib, ular uchun taʼlim dasturiga tegishli boʻlgan davlat koʻrsatmalari mavjud. Taʼlimni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) huqumatining konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy rahbarlik ham bor: taʼlim vazirligi taʼlim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqadi, OOʻYularini kengaytirishga mablagʻ ajratadi. Germaniya – taʼlim va kasbga yoʻnaltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlar davlati. Koʻplab Nobel mukofoti laureatlari, yuqori darajadagi ilmiy izlanishdagi yutuqlarga ega boʻlgan, koʻp loyihalarga moliyaviy yordam berib kelayotgan, har xil davlatlardan kelgan oʻquvchilarni oʻqitadigan davlatdir. Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab taʼlimi davlat nazoratida. Mamlakatda oʻn oltita federal yer mavjud boʻlsa, ularning har biri oʻzining taʼlim toʻgʻrisidagi qonuniga ega. Shu sababli federal yerlarda maktab taʼlimida ayrim farqlar bor.
Jadval-1.2.1.
Dostları ilə paylaş: |