Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

II-bob. Dual ta’lim tushunchasi va O’zbekiston professional ta’lim tizimida
joriy etish.


2.1. Dual ta’lim tushunchasi, joriy qilish zaruriyati, maqsad va vazifalari.

Prezidentimizning “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va sifatli ilgarilashini taʼminlaydigan zamonaviy innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida taʼkidlangan.


Harakatlar strategiyasida mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash tizimini kengaytirish vazifalari belgilangan.
Shu asosda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar fonida Oʻzbekiston iqtisodiyotida sezilarli yuksalish kuzatildi, koʻlam va sifat jihatdan jiddiy tarkibiy oʻzgarishlar yuz berdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalar jadallik bilan kirib kelmoqda. Sanoatda, qishloq xoʻjaligida, transport va xizmat koʻrsatish sohalarida yuqori qiymat, yuqori hosildorlik, unumdorlik va tejamkorlikni taʼminlovchi intensiv texnologiyalar, ishlab chiqarish sohasida juda keng koʻlamdagi zamonaviy innovatsiyalar joriy etilmoqda. Mazkur jarayonlarga milliardlab AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda va minglab yangi texnologik ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Xalqaro mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar davrida zamon talablariga mos malaka va koʻnikmalarga ega raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashni, kasb-hunar taʼlim sohasida yangi tizimni — xalqaro andozalarga mos professional taʼlim tizimini talab qildi.
Shu tariqa tizim oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:
— hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qoʻsha oladigan oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash;
— yoshlarni malakali mehnat orqali oʻz hayot farovonligini taʼminlashga oʻrgatish;
— oʻz mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, maʼnaviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish talablariga javob beradigan ishchilarni tayyorlash orqali hududlarning investisiya jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish vositalaridan biri bu dual ta’lm tizimi bo’lib, uning afzalligi - bu mutaxassislarni tayyorlashda o’quv va ishlab chiqarish sohalarining muvofiqlashtirilgan o’zaro aloqasi hamda bitiruvchilarni yuqori darajada ish bilan ta’minlashdir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin