Ta’limda pedagogik texnologiyalar jo‘raboyev Behzod Shokirjonovich



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#146217
1   2   3   4   5
BEHZOD-NOZIM

Adabiyotlar tahlili: V.A.Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o‘zining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ulaming xatti-harakatlarini o‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bog‘laydi. Bunday o‘zaro aloqalarda refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash hamda muammolami eslash, yenga olish va hal qilishlami birlashtiradi. V. A. Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi: • retrospektiv; • prospektiv. VA.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir». Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘Igan talabning hukm surish dinamikasi. S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. V.V.Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi. Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Tadqiqot metodologiyasi: O`qituvchining samarali faoliyat ko`rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o`laroq, ta’lim texnologiyasi o`quvchilar faoliyatiga nisbatan yo`naltirilgan bo`lib, u o`quvchilarning shaxsiy xamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan xolda, o`quv materiallarini mustakil u'zlashti rishlari uchun zarur shart — sharoitlarni yaratishga xizmat kiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi — o`quvchi shaxsini rivojlantirish orkali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof etgan xolda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi: 1) o`quvchi; 2) ta’lim —tarbiyaning maqsadi; 3) ta’lim — tarbiya mazmuni; 4) o`quv jarayoni; 5) o`qituvchi yoki texnik vositalar; 6) ta’lim — tarbiyaning tashkiliy shakllari Xalq xo`jaligining moddiy ishlab chikarishga asoslangan soxalarida qo`llanilayotgan texnologiyalar moxiyatini urganish xamda muammo doi rasida nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim —tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni tugrisidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi.

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin