Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164974
1   2   3   4   5   6   7   8
20-to\'plam removed

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 
20-to’plam iyul 2023 
 
267 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish metodikasini tadqiq qilish maqsad 
qilib belgilanganligi sababli masalaning ana shu jihati tahlil qilinadi.
«Ona tili va o‘qish savodxonligi » darsligida berilgan matnlar boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni matn mazmunini 
to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish, matnda berilgan axborotni idrok qilish, 
matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat bildirishga tayyorlashdir. Shunga 
ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni darsning maqsadi, 
o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma, 
malakalari darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O’quvchilarni asar matnini o‘qishga 
tayyorlashda, birinchi navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiy-
estetik qiymati bilan tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor 
qaratiladi. O‘qish faoliyati ham nutqning alohida ko‘rinishi hisoblanadi. 
O‘quvchining o‘z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to‘g‘ri ifodalay olishi uning 
o‘quv-bilish faolligi darajasini, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. 
O’qish darslarida matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan 
qo‘yilgan savol va topshiriqlar o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qilishi, javob berishda 
muallif qo‘llagan iboralardan, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga qaratilishi, 
nutqda ko‘proq o‘zi uchun yangi so‘z va iboralarni ishlatishga undashi lozim.
Matnni o‘qish ko‘nikmasiga egalik, o‘z navbatida, o‘quvchi nutqini boyituvchi 
muhim omillardan biri sanaladi. 
Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada 
yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish 
o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi.
7-9 yoshdagi bolalarda “yozma nutq ham shakllana boshlaydi... Yozma nutqni 
egallashi asosida ularda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda 
yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolalarda hali o‘zi yozgan fikrlarni, 
so‘z va harflarni nazorat etish ko‘nikmasi etarlicha rivojlanmagan bo‘ladi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin