Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164974
1   2   3   4   5   6   7   8
20-to\'plam removed

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 
20-to’plam iyul 2023 
 
268 
2.
Shu bilan bir qatorda, unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ijodiy ishlar 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, 
fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum 
ketma-ketlikda amalga oshirish, reja tuzish ko‘nikmasini hosil qiladi. Jumlalarni to‘g‘ri 
tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish 
belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z holatlarini topa olish va to‘g‘rilash aqliy rivojlanishning 
ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi”. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili va o‘qish savodxonligi 
” o‘quv fani bo‘yicha matn ustida ishlashga yo‘naltirilgan dars quyidagicha shakllarda 
tashkil etiladi: Kirish darsi. Bunda o‘qituvchining vazifasi yozuvchi hayoti va ijodining 
muhim jihatlarini bayon etish, uning asarlariga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish tuyg‘usini 
uyg‘otishdir. O’qish darslaridagi dastlabki suhbat o‘quvchilarning dars mavzusiga oid 
umumiy tushunchasini aniqlashdan iborat. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning savollarga 
javob berishi bilan birga erkin fikr bildirishi ham kuzatiladi. Suhbat bilan kompleks tarzda 
qo‘llanadigan o‘qituvchi hikoyasi mazmuni o‘rganiladigan matn janri va mazmunidan 
kelib chiqib belgilanadi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarni badiiy obrazlarni hissiy 
jihatdan idrok etishga tayyorlashdir. O‘qish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarda tavsiya 
qilingan nutq namunalari tahlili butun tayyorgarlik ishi (suhbat va o‘qituvchi hikoyasi) 
uchun optimal vaqt 3 daqiqadan oshmasligini ko‘rsatadi. Suhbatda beriladigan 
savollarning miqdori o‘rtacha 4-5 ta bo‘lishi ijobiy samara beradi.
Tayyorgarlik ishida o‘qituvchi hikoyasi ikki maqsadni ko‘zlaydi:
1) o‘rganish ob’ekti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berish;
2) o‘qish bilan bog‘liq talablarni belgilash.
Matnni o‘qishga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi topshirig‘i qat’iy belgilanadi: 
“...qarang”, “Diqqat bilan eshiting”. Bular yordamida matnni idrok etish bilan bog‘liq 
to‘xtam, urg‘u, o‘qish sur’ati va ohangga e’tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatma beriladi. 
Bunday tayyorgarlik ishi ko‘p vaqt talab qilmaydi. O’quvchilarni matnni idrok 
etishga tayyorlash uchun o‘qituvchi suhbat hajmi, maqsadi, mazmunini hamda og‘zaki 
beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlarning zaruriy hajmini aniqlab olishi lozim. Suhbat va 



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin