Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 15-to’plam fevral 2023 301 Uzbek language. At the same time, it is necessary to constantly improve the level of
knowledge and skills of employees in various fields.
The article presents views on uzbek state documentary,its stages of development,the
most frequently used documents in the office work of organizations and institutions,
different linguistic features of formal styleof speech, and mostly used specific words
and word combinations.
Key words : uzbek state documentary,correspondence(munshaot), origination of
documentary,state documents,speech pattern,formal style, formal correspondence ,
legal laws, morphological, syntactical, leksical, grammatical.
O’zbek tilining davlat tili sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalari qonuniy
qo’llanilishi ish yuritishda muhim vazifalardan biridir. Chunki jamiyatda kundalik
so’zlashuv tildan tashqari rasmiy ish yuritish tiliga ham ehtiyoj katta,ya’ni
korxona,tashkilot,muassasalar, faoliyatini ish yuritish qog’ozlarisiz tasavvur etib
bo’lmaydi. Ish yuritishning bevosita asoslarini esa turli hujjatlar tashkil
etadi.Bugungi globallashuv davrida o’zbek hujjatchiligi ish yuritish qog’ozlarining
tili va uslubidagi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash,hujjatchilik tarixini chuqur
o’rganish,ish yuritish tiliga doir muammolarni aniqlash hamda o’zbek tilida
yuritiladigan hujjatchilikni yanada takomillashtirishga ehtiyoj oshib bormoqda
O’rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga
bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o’ziga xos hujjatchilik
an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O’rta asrlarda ish yuritish huquqiy
maqomga ega bo’ldi. Davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator
hujjat turlari paydo bo’ldi Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida
O’rxun –Enasoy ,sog’d,eski uyg’ur,arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’p
hujjatlar,umuman,yozma manbalar ma’lum. Sharqda X –XIX asrlarda yorliq,
farmon, noma,bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga
yaqin hujjatlar keng tarqalgan. O’zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida