Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 15-to’plam fevral 2023 302 qo’llanilishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi.XX asrdan so’ng o’zbek
xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o’ziga xos mazmuni,
muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi.Sho’ro hukmronligi davrida
o’zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo’lsada, amalda o’zbek
tilining ijtimoiy mavqei past edi.O’zbekiston mustaqillikka erishgach,o’zbek
tilining davlat tili sifatida gi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
1
Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili
sifatidagi maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni oʻzbek tilining davlat tili sifatida qaddini roʻy-rost tiklashini, ijtimoiy
maqomining yana-da barqarorlashuvini taʼminladi. Ana shu farmonning amaliy
ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbek tili, adabiyoti va
folklori institutida sotsiolingvistika boʻlimining tashkil etilishi esa davlat tili va
jamiyat munosabatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar kengayishi va
kuchayishini taʼminladi. Bu boʻlim oʻz faoliyatida oʻzbek tilining rivojlanishi bilan
bogʻliq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va
kengaytirish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish
borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va
qoidalarini ishlab chiqish, oʻzbek tilining izohli lugʻatlari, davlat tilida ish yuritish
boʻyicha qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida
eʼtibor beradi. Hozirgi o’zbеk adabiy tilida ish yuritishda ma'muriy va huquqiy
ishlarda rasmiy ish qog’ozlari uslubidan foydalaniladi. Mamlakatimizda turli xil
qonunlar,farmonlar, buyruqlar, har xil davlatlar, tashkilotlar va shaxslar o’rtasidagi shartnomalar, majlislar, hujjatlar, ariza, ma'lumotnoma kabilar, rasmiy ish qog’ozlari, bularning hammasi rasmiy ish qog’ozlari uslubida yoziladi.Quyida
mazkur uslubning boshqa uslubladan farqli jihatlarini ko’rishimiz mumkin:
-rasmiy ish qog’ozlari uslubida so’zlashuv uslubiga xos erkinlik sеzilmaydi;
1
“
Davlat tilida ish yuritish”
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo'ldoshev.Toshkent 2007