297
O`tilgan mavzuni so`rash
15 daqiqa
Yangi mavzuni bayon etish
15 daqiqa
Mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
Dars yakuni, o`quvchilarni baholash,
uyga vazifa berish.
2 daqiqa
Darsning tashkiliy qismi:
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Dars haqida ma'lumot berish.
Darsning oltin qoidalari:
yangilik;
izlanish;
vaqtga
rioya qilish;
hamkorlikda ishlash;
rag`bat;
faollik;
do`stona munosabat.
Darsning shiori:
Iqtisod siyosatdan ustun turadi.
Darsning borishi:
O`tilgan mavzu:
"Qishloq xo'jaligi". O'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash uchun bir
necha o'yinlardan foydalanamiz.
1. "O'zingiz yoqtirgan shakl"
Doskada shakllar orqa tomonida
mavzuga doir savollar yozib, ilib qo'yiladi.
1-4 o'quvchi doskaga chiqib o'zi yoqtirgan shaklni oladi va orqasidagi savollarga
javob beradi. Savollar o'tilgan mavzu yuzasidan tuziladi.
Masalan:
1. Qishloq xo'jaligining qanday tarmoqlarini bilasiz ?
2. Yurtimizda qanday bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda ?
2. "Munozarali test" o'yini:
Bunda doskada plakatlarga munozarali test yozib qo'yiladi. Doskaga 2
o'quvchi chiqib testlarni yechadi. Sinf bo'yicha testlar to'g'riligi tekshiriladi. Test
quyidagicha o'tilgan mavzular yuzasidan tuziladi. Masalan:
Javoblar to'liq yoki noto'g'ri bo'lsa qo'shimcha savollar beriladi:
- O'zbekistonning maydoni qancha?
a) 442.9 ming kv.km.
b) 448.9 ming kv.km.
298
s) 440.9 ming kv.km.
- O'zbekistonda nechta marmar koni aniqlangan ?
a) 25 ta;
b) 30 ta;
s) 34 ta.
3. "Qaysi mevani xush ko'rasiz"?
Bunda kartondan turli
mevalar shaklida kesib olib, orqasiga savollar
yoziladi. 1-4 o'quvchi doskaga chiqib o'zi xush ko'radigan
mevani tanlab
orqasidagi savollarga javob beradi. Masalan:
- O'zbekistonda qancha aholi yashaydi ?
- O'rmon sanoati qaysi viloyatlarda rivojlangan ?
- Qanday metallurgiya korxonalari bor ?
- Yurtimizda avtomobilsozlik sahasida qanday avtomobillar ishlab
chiqarilmoqda ?
Har bir savollarga javob bergan o'quvchilar
baholanadi va qolgan faol
o'quvchilar ham baholanadi.
O'tilgan mavzuni o'qituvchi umumlashtiradi va yangi mavzuga o'tadi.
Yangi mavzuni o'qituvchi bayon etadi.
Dostları ilə paylaş: