3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash
v) Elektron trenajyorlar o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalarini ishlab chikish uchun foydalaniladi. Bunday vositalar murakkab sharoitlarda amallar bajarish va hatto tasodifiy vaziyatlarda avariyaga qarshi harakatlarni ishlab chiqishda foydalanish samaralidir. Bir qancha sabablarga ko’ra real qurilmalarni, masalan, energiya ta’minotining o’chishi, katta hafli shuningdek, avariya vaziyatlarini yaratish imkoniyati bo’lgan joylarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari trenajerlar masalalar echish ko’nikma va malakalarini ishlab chiqaishda foydalaniladi. Bunday hollarda, ular nazariyadan qisqacha ma’lumot olishni, turli darajadagi mustaqillikni mashq qilishni, nazorat va o’zini-o’zi nazoratini ta’minlaydi.
g) Matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar eksperimental va nazariy tadqiqotlarning chegarasini kengaytirish, fizik eksperimentni hisoblash eksperimenti bilan to’ldirish imkoniyatini beradi.Bir hollatlarda tadqiqot ob’ektlari, boshqa holatlarda – o’lchash qurilmalari modellashtiriladi.Bunday vositalar qimmat baho laboratoriya jihozlarini xarid qilib olishning mablag’ini qisqartirishga imkoniyat beradi va o’quv laboratoriya xonalarida turli xavfsizlikni oz bo’lsada ta’minlaydi. Modellashtiruvchi dasturiy vositalar qatoriga aniq bir sinf model-ob’ektlar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydigan predmetga-mo’ljallangan dasturiy vositalarni kiritish mumkin.
d) Axborot-izlash ma’lumotnomalik tizimlar o’qituvchi va o’quvchilarga turli-tuman axborotlarni kiritish, saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan. Bunday tizimlar qatoriga materialni ierarxik tashkil etish va u yoki bu belgisiga ko’ra axborotni tezkor izlashni ta’minlaydigan turli gipermatnlik va gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Shuningdek, ma’lumotlar bazalari keng tarqalib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari axborotni izlash va saralashni ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi o’quv jarayonida o’quv materiallarining mazmunini taqdim etish va uni tahlil qilishda foydalanish mumkin. O’quv ma’lumotlar bazasi o’quvchilarga zarur axbortni izlash va uni tahlil etish bo’yicha mustaqil ishi uchun tavsiya etiladi.
e) Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari (AO’T) odatda o’quvchilarni nazariy materiallar bilan tanishtirish, mashq qilish va bilim darajasini nazorat qilishni ta’minlaydigan nisbatan kichik hajmdagi o’qitish dasturlaridan iborat.
j) Elektron darsliklar (ED)– o’quv predmetini yoki uning katta qismini bevosita kompyuter yordamida mustaqil yoki o’qituvchi ishtirokida o’zlashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan dastur – uslubiy majmuadir.
Boshqacha aytganda, elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim uslublaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil ta’lim olishda (bu muhim) va o’quv materiallarini har tomonlama samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o’quv materiallari o’quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi. Elektron darslik tushuncha, ta’kid va misollarni tushunish va xotiraga olishni, talabaning miyasini ishlashini, eshitishini, emotsional xotirasini va xatto, kompyuterli tushuntirishdan foydalanishini ko’zda tutgan holda, maksimal osonlashtirilishi kerak.
Elektron darslik:
chop etilgan materialdan farqli ravishda materialni takdim etish, induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotirasiga ta’sir etib, o’rganilayotgan materialni tushunishni osonlashtiradi;
talaba istagi bilan, uning tayyorgarlik darajasi, intellektual imkoniyati va qiliq(ambitsiya)lariga mos holda adaptatsiyalanish (moslanish)ga imkoniyat beradi;
katta foydasiz hisoblar va almashinishlarni amalga oshirish, ko’p sondagi misol va masalalarni ko’rib chiqish imkoniyatini yaratadi;
o’z-o’zini tekshirishning keng imkoniyatini beradi;
ishni chiroyli va tartibli tayyorlash va o’qituvchiga fayl yoki chop etilgan ko’rinishda topshirishga yordam beradi;
ixtiyoriy marta tushuntirish va qaytish orqali chidam va toqatli «o’qituvchi» bo’ladi.
Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda saqlashni maksimal darajada engillashtiradi.
Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliyot va teskari aloqa e’tiborga olinishi kerak.