Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 301,79 Kb.
səhifə9/11
tarix30.09.2023
ölçüsü301,79 Kb.
#150680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

Sakkizinchi bosqichda ekranni ortiqcha matnlardan xolos qilish va o’rganilaëtgan materiallarni talabalarni tushunish va xotiraga olishlarini osonlashtirish maqsadida, ularning eshitish xotirasini foydalanish uchun alohida modullarning ovozli qilish uchun matnlar ishlab chiqiladi.
To’qqizinchi bosqichda ovoz berish uchun mo’ljallangan matnlar diktofonga ëziladi va kompyuterga joylashtiriladi.
O’ninchi bosqichda yuqori ko’rgazmalilikka, ekranni matnli axborotlardan maksimal ozod qilish va o’rganilaëtgan materialni xotiraga olishga erishish uchun modullarni ko’rinish stsenariysi ishlab chiqiladi.
O’n birinchi bosqichda matnlarni ko’rinishli qilinadi, b.a. ishlab chiqilgan stsenariylarni rasmlar, grafiklar va animatsiyalar (shuni ta’kidlash kerakki, animatsiya juda qimmatga tushadi) kompyuterga joylashtiriladi.
Shu bilan ED ishlab chiqish tugaydi va uni foydalanishga tayërgarlik boshlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ED foydalanishga tayërgarlik uni mazmunli va multimedia komponentalarini korrektsiya qilishni taqoza qiladi.
Elektron darslikning an’anaviy darslikdan asosiy farqi quyidagi rasmda keltirilgan:

Elektron darsliklarning imkoniyatlari:
a) Axborot-bilim imkoniyati. O’quv materiallarini ilmiy va ko’rgazmali qilib tasvirlash; tahliliy-sintetikligi; axborotni to’la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o’quv materialini bir tizimda berish va faollashtirishdan iborat.
b) Psixologo-pedagogik imkoniyati. Muammoli; o’quv materialini o’zlashtirilishining mustahkamligigi; ta’limni tabaqalashgan va individualliligi; moslanuvchanligi va emotsional ta’sirchanligi.
v) Boshqarish imkoniyati. To’la didaktik ta’lim davriyliligi, ta’limni interfaolligi, teskari aloqa, o’z-o’zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish.
g) Tashkiliy-texnologik imkoniyatlari. Sinf va sinfdan tashqarida mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va kitob bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jihozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi.

Yüklə 301,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin