Ta’limiy: O’quvchilarning aplikatsiya bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini yanada o’stirish
Tarbiyaviy: O’quvchilarning yaxshi axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Ijodiy faolliklarini rivojlantirish.
Darsning borishi
I.Darsning tashkiliy qismi:
O’quvchilar bilan salomlashish,darsga tayyorligini tekshirish,
davomatni aniqlash,jurnalga yozish, psixologik iqlim yaratish.
Aprel oyining muhim sanalari.
Aziz o’quvchilar aprel oyida qaysi allomalarimizning tavallud kunlarini nishonladik? II ASOSIY QISM Musoboqa shartlari: 1. Uyga vazifa 2. Yangi mavzu 3.Mustahkamlash: a)”Kim topqir?” o’yini b)Harflar o’yini B i z n i n g sh i o r Ilmni dilga jo qilishga tirish, Bilib ol-da,so’ngra chin ishga kirish.
Gazlamadan turli buyumlar tikadigan kasb egalari kimlar?
Lolaqizg’aldoq
atirgul
lola
aloe
Gullar nomi
binafsha
geran
rayxon
nargiz
Guruhlar gullarni nomini to’g’ri va tez yozganliklariga qarab baholanadi.
Dam olish daqiqasi:“Gullar deydi” she’ri
Bog’ oralab, tog’ oralab
Lola gulin terganmisiz?
Namozshomgul, rayxonlarni
Sovg’a qilib berganmisiz?
Atirgul-u chinni gullar
Gulxayri-yu karnaygullar
O’z bag’riga chorlab deydi
Guldastalar yasang deydi.
Mustahkamlash. Parta ustida 6 gul qo’yilgan bo’ladi shu gullar orasida test savoli yashirilgan bo’ladi. Test savolini topib o’qib javobini aytish. Har bir guruhdan 3 tadan o’quvchi chiqadi.
Test savollari:
Bahor faslida birinchi qaysi gul ochiladi:
Nargiz
Binafsha
Moychechak
Lola gulini yasash uchun qanday rangli qog’oz kerak.
Oq, qora
Qizil, yashil
Ko’l, yashil
Mehnat darsida gullar shakli nimalardan yasaladi.
Urug’dan, gazlamadan, qog’ozdan, tabiiy ashyolardan
Urug’dan, gazlamadan
Qog’ozdan, tabiiy ashyolardan
Guldon nima uchun kerak?
Chiroyli turish uchun
Suv solish uchun
Gullarni solib qo’yish uchun
Gullar qayerda va nimada o’stiriladi?
Issiqxonalarda o’stiriladi
Gultuvakda, issiqxonalarda, yerda o’stiriladi.
Yerda o’stiriladi
Mehnat fani ish qurollariga nima kiradi.
Qaychi, yelim, qog’oz
Qog’oz, qaychi, yelim,plastilin, qalam, chizg’ich
yelim,plastilin
O’quvchilarni baholash.
“Binafsha” va “Rayxon” guruhlarining to’plagan ballarini jamlab g’olib guruh e’lon qilinadi va ragbatlantiriladi.
Uyga vazifa. Gazlama gullaridan guldasta tayyorlash
Darsni yakunlash va xayrlashish.