Dars - ta\'lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida.
Mavzu: Dars - ta'lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida.
Reja:
1. Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi
2. Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi
3. Darsda o’quvchilar ukuv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari.
Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik goyalar (tizimlar) tarixiy tarakkiyot jarayonida yangi goyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o’qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy konuniyatidir.
Ta’lim turlari (yunoncha «species» aloxida, uziga xos xususiyatga ega) ukuv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
arxaik (ibtidoiy);
qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
avestiy (Baktriya, Sugdiyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar);
yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avv. V-I asrlar);
o’rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
yangi (tushuntirish, tushuntirish-kurgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’itish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovasion);
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-kurgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterli ukitish, masofali, Internet yordamida ukitish va shu kabilar).
Avesto g’oyalariga ko’ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganda tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylik mukaddas manbai bulib, u uz davrining ensiklopediyasi xisoblagan. “Avesto” goyalariga binoan bolalar va yoshlarni ukitish xamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:
diniy va ma’naviy tarbiyalash;
jismoniy tarbiya;
o’qish va yozishga o’rgatish.
Yoshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muxit, tabiatga muxabbat xissini uygotish muxim yunalish xisoblangan. “Avesto”da barkamol shaxs obrazi xakida anik tasavvurlar ifoda etilgan.