Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
 
 

Davlat byudjeti daromadlari deb nimaga aytiladi? 

Nima uchun davlat byudjeti daromadlari oraliq xarakteriga 
ega? 

Davlat byudjeti daromadlari nima uchun zarur? 

Davlat byudjeti daromadlari qanday jarayonda vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi? 

Davlat byudjeti daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga 
kelib tushadi? 

Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog‘liq ravishda davlat 
byudjeti daromadlari bir-biridan qanday farq qiladi? 

Miqdoriy 
jihatdan 
qaysi 
tushuncha 
katta: 
davlat 
daromadlarimi yoki davlat byudjeti daromadlari? Nima uchun? 

Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
shaklini nimalar tashkil etadi? 

Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy manbaini nima 
tashkil etadi? 

Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb 
etilishi mumkinmi? Qanday hollarda? 

Milliy daromadning muayyan qismini davlat ixtiyoriga o‘tkazish 
qanday usullar yordamida amalga oshiriladi? 

Davlat kreditiga qanday holatlar inobatga olingan holda 
murojaat qilinadi? 

Davlat kreditini olishning qanday ikki yo‘li mavjud? 

Qanday vaziyatlarda davlat qog‘oz pullar emissiyasiga 
murojaat qiladi? 

Davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon 
bo‘lish shakllari nimalardan iborat? 

Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari o‘zida 
nimani ifodalaydi? 

Davlat byudjeti daromadlarining absolyut hajmi va salmog‘i 
qanday omillarga bog‘liq? 

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining 
asosiy prinsiplarini bilasizmi? 

Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar 
yordamida byudjetga undirilishi tufayli bu jarayonda ularga 
nisbatan qanday prinsiplardan foydalaniladi? 


402 

Davlat byudjeti daromadlari qanday mezonlar asosida 
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin? 

Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 

Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini aytib bering. 

Davlat byudjetining soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromad-
lari tarkibiga nimalar kiradi? 

Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti 
daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin? 

Amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda 
tasniflanayapti (klassifikatsiya qilinayapti)? 

To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib 
bering. 

O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti 
daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? 

Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari qanday 
ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin? 

Yuridik nuqtayi nazardan, davlat byudjeti daromadlari qanday 
guruhlardan tashkil topadi? 

Davlat byudjeti daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi? 

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday 
daromadlarni o‘z tarkibiga oladi? 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
byudjeti 
va 
mahalliy 
byudjetlar 
daromadlari 
qanday 
daromadlar 
hisobidan 
shakllantirilishi mumkin? 

Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga 
biriktirilishiga qarab, qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? 

Davlat byudjeti daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi 
mumkin? 

Qanday 
metodlarni 
qo‘llash 
evaziga 
subyektlarning 
daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti? 

Hozir davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan 
iborat va uning tuzilmasi qanday? 

Milliy 
iqtisodiyotda 
qo‘llanilayotgan 
davlat 
byudjeti 
daromadlari tizimining samaradorligi bevosita qanday omillarga 
bog‘liq va u o‘z ichiga nimalarni oladi? 

“Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari” 
tushunchalari o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yish mumkinmi?


Soliqning ta’rifi qanday? 



Soliqlarning ijtimoiy mazmunini bilasizmi? 
415 
toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va 
kompensatsiyalarni 
to‘lash 
xarajatlari 
jamoat 
ishlarini 
moliyalashtirish; 
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida 
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat 
organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, 
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish 
muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish 
xarajatlari; 

hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq 
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy 
parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar; 

qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va 
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, 
shuningdek‚ geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini 
yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan 
foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini 
saqlab turish xarajatlari;

atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik 
xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar; 

«Sof ichimlik suvi» jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan 
ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar. 
4) respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari 
buyurtmachi 
bo‘lgan 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish xarajatlari; 
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va 
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini; 


414 

qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy 
xizmatlar 
ko‘rsatilganligi 
uchun 
respublika 
ixtisoslashtirilgan 
markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning 
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, 
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va 
radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar 
ta’minoti va ularga haq to‘lash, hukumatning alohida qarorlariga 
ko‘ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va 
videomahsulotlar 
yaratish, 
madaniy 
meros 
obyektlarida 
restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga 
muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha qonun 
hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining 
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga 
oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga 
xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar 
ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga 
oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda 
mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek‚ 
qonun 
hujjatlarida 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi 
munosabati bilan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va 
mukofotlarini to‘lash xarajatlari; 

bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan 
nafaqalarni, qonun 
hujjatlarida 
ayrim toifadagi shaxslarga 
belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga 
mablag‘lar ajratish xarajatlari; 

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan 
shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan 
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim 
403 

Soliqlarning moddiy asosini nimalar tashkil etadi? 

Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega? 

Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi? 

Soliqlarning fiskal funksiyasining mazmunini nimada? 

Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasiga 
xarakteristika bering. 

Soliqlarning asosiy elementlari tarkibini aytib bering. 

Soliq subyekti nima? 

Soliq obyektini tushuntirib bering. 

Soliq manbai tarkibini aytib bering. 

Soliqqa tortish birligi qanday ataladi? 

Soliq stavkasi nima va uning qanday ko‘rinishlari bo‘lishi 
mumkin? 

Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi? 

Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima? 

Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi? 

Soliq tizimi tushunchasini tushuntirib bering. 

Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering. 

Unitar davlatlarda soliq tizimi o‘z ichiga qanday soliqlarni 
oladi? 

Federativ davlatlarda soliq tizimi necha bo‘g‘indan tarkib 
topadi? 

Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday 
asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi? 

Zamonaviy soliq tizimining vazifalarini aytib bering. 

O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar 
bilan xarakterlanadi? 

Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solinadigan soliq 
tizimining asosiy prinsiplarini aytib bering. 

Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday 
nuqsonlar bor? 

Yangi sharoitda soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha 
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib bering. 

Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omillarga 
muvofiq tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)? 

Soliqqa tortishning obyekti hamda soliq to‘lovchi va davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq ravishda soliqlar 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 

Nega soliqlarning bir guruhi to‘g‘ri (bevosita) va ikkinchi 
guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi? 


404 

Qanday soliqlar to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning tarkibiga 
kiradi? 

Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat? 

Foydalanilishi bo‘yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat 
bo‘lishi mumkin? 

Yig‘ilishi va tegishliligi qaysi organga bog‘liqligiga qarab, 
soliqlar qanday soliqlarga bo‘linadi? 

Umumdavlat soliqlari nima va ularning tarkibiga qanday 
soliqlar kiradi? 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i deganda nima tushuniladi? 

Boshqa soliqlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i qanday 
afzalliklarga ega?

Kimlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi? 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i orqali soliqqa tortishda qanday soliq 
imtiyozlari ko‘zda tutiladi? 

Odatda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning qanday 
muddatlari belgilanishi mumkin? 

Aksiz solig‘i nima va qanday mahsulotlarga aksiz solig‘i 
solinadi? 

Korxona 
va 
tashkilotlarning 
daromadi 
(foydasi)dan 
olinadigan soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning 
to‘lovchilari hisoblanadi? 

Korxona 
va 
tashkilotlarning 
daromadi 
(foydasi)dan 
olinadigan soliq uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib nima xizmat 
qiladi va uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan? 

Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa 
tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda 
soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi? 

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qanday 
o‘rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida 
soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud? 

Kimlar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi va u qanday 
shakllarda to‘lanishi mumkin? 

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar nima va ularning tarkibi qanday? 

Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 
organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish 
davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar qanday guruhlarga bo‘linadi 
va ular har birining tarkibi qanday? 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin