Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
 
413 
nuqtayi nazardan, davlat byudjeti xarajatlari uch guruhga kiruvchi 
xarajatlardan tarkib topadi: 

Davlat byudjeti xarajatlari; 

Respublika byudjeti xarajatlari; 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
byudjeti 
va 
mahalliy 
byudjetlarning xarajatlari.
Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik 
nuqtayi nazardan, davlat byudjeti xarajatlari ikki guruhga kiruvchi 
xarajatlardan tarkib topadi: 

Respublika byudjetining xarajatlari; 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
byudjeti 
va 
mahalliy 
byudjetlarning xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
76

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari, shu jumladan:

maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan 
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini 
axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va 
idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi 
muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining 
xarajatlari;

respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi 
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-
tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish 
xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu-
blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-
profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab 
turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar 
haqini to‘lash xarajatlari; 
76
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.


412 
boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar qilinishini 
taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va 
prokuratura 
organlari, 
fuqarolarning 
o‘zini-o‘zi 
boshqaruv 
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy 
asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik 
qilishga imkon yaratadi. 
Boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
byudjetlari 
hisobidan 
amalga 
oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki 
siyosiy 
jihatlari 
bilan 
xarakterlanadi. 
Imtiyozli 
shartlarda 
kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam ko‘rsatish uning 
ko‘rinishlaridandir.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi beshta 
guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining ma’lum 
aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha 
qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq 
turlaridan 
tarkib 
topadi. 
Kapital 
qo‘yilmalar, 
dotatsiyalar, 
subventsiyalar, subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, 
ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kanselyariya va 
xo‘jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari 
sifatida ko‘rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum 
aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi davlat 
byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, 
ulardan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy 
nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. 
Davlat byudjeti xarajatlarini iqtisodiy nuqtayi nazardan 
turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan ham 
guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida davlat byudjeti 
xarajatlarini 
yuqori 
tashkilotlar 
(vazirliklar, 
uyushmalar, 
assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.) va 
hududiy belgilari yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining 
yuqori 
tashkilotlar 
bo‘yicha 
guruhlanishi 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larini aniq oluvchilarni ko‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul 
fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan davlat byudjeti 
mablag‘laridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan 
javobgardirlar. 
Davlat byudjeti xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq 
bo‘linishi ularning markazlashuvini turli darajalarini o‘zida aks 
ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik 
405 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin