432
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu
jumladan:
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va
idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning
boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti-ning,
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yyer uchastkalarining
olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga
yyetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va
vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
8) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining,
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtiri-ladigan
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudje-tidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining
shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat
byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan
daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: