Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat 
byudjeti sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
87
 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, 
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy 
87
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 26 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
433 

tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari 
va 
koykasiz 
dispanserlar, 
tumanlar 
(shaharlar) 
tibbiyot 
birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, 
oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish 
xarajatlari;

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning 
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi 
madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya 
va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport 
muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy 
tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini 
rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati 
oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi 
shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo‘limlari, labo-
ratoriyalarni saqlab turish;

shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shu-
ningdek‚ xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini 
olib borish;

aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning 
bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab 
turish xarajatlari;
5) 
tumanlar 
va 
shaharlar 
byudjetlarining 
zaxira 
jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida 
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda 
tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Mablag‘larni byudjetdan taqdim etishning (byudjetdan mablag‘ 
ajratishning) usullari byudjetdan moliyalashtirishning muhim 
elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari 
byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan 
ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga 


434 
erishish uchun mablag‘larni qayta o‘zgartirib, taqdim etishni 
amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib 
topayotgan nisbatlarni tartibga soladi. 
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy, 
kommunal xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini 
moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda davlat byudjeti 
mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni 
kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital qo‘yilmalarga), oddiy 
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va 
transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. 
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, 
idoralar va korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning 
o‘zida ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunda davlat 
byudjeti mablag‘larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor 
tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va 
transportga yo‘naltiriladi. 
Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtayi 
nazaridan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan asosiy fondlarning 
yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirish uchun pul 
mablag‘larini taqdim etishga kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish 
deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular 
investitsiyalarning 
cheklangan 
doirasiga, 
ya’ni 
maqsadli 
dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. 
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo‘nalishi 
yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar 
berishdir. Bu ko‘rinishdagi davlat byudjeti mablag‘lari davlat, 
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalarning 
turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana 
shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg‘i-energetika sanoati, 
agrosanoat kompleksi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, shahar 
transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo‘naltiriladi. 
Davlat 
byudjetining 
ijtimoiy 
ehtiyojlarga 
mo‘ljallangan 
xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funksiyaning bajarilishi bilan 
bog‘liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

maorif; 

madaniyat, san’at va kinematografiya; 
447 
iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va davlat byudjeti 
mablag‘larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini 
ta’minlashda, avvalo, ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishishda 
mablag‘larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi 
mablag‘lardan 
foydalangan 
holda 
yuqori 
natijaga 
erishish 
zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning 
yagonaligi 
prinsipi 
davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g‘azna hisobva-
rag‘iga 
kiritilishi 
va 
ularning 
xarajatlarini 
to‘lash 
ushbu 
hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi. 
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi 
davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti 
jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar 
bo‘lishidan iboratdir. 
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda 
tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to‘g‘risidagi 
hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi 
jarayonida ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri berilishini, davlat 
hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining 
qarorlariga 
oid 
boshqa 
ma’lumotlarni 
olish 
imkoniyatining yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha 
qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, 
davlat 
hokimiyati 
qonunchilik 
organi 
ichida 
yoki 
davlat 
hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo‘yicha ham) jamiyat va 
ommaviy axborot vositalari uchun albatta, ochiq bo‘lishini ko‘zda 
tutadi. Bundan tashqari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi axborot Moliya vazir-
ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib 
borishi kerak. 
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika 
byudjeti tarkibida amalga oshiriladi. 
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli 
hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti 
tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat
86


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, 
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi 
hamda muvofiqlashtirib boradi; 
86
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 25 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


446 
daromadlarning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o‘z-
o‘zidan amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan 
aniq miqdorlar asosida byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar 
ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinsa, xarajatlar 
yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi. 
Davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag‘laridan 
foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati 
prinsipi davlat byudjeti mablag‘larini konkret oluvchilar ixtiyoriga 
ularning aniq maqsadlarni moliyalashtirilishi oldindan belgilangan 
holda bo‘lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko‘zda tutilgan 
mablag‘lar manzilliligini yoki yo‘nalishini ko‘zda tutilmagan 
maqsadlarga o‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat 
mamlakat davlat byudjeti qonunchiligini buzish hisoblanadi

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi 
qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda 
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mamlakat davlat 
byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini 
mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu 
prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat 
byudjeti tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining 
o‘z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi 
daromadlarini, 
qonunchilikka 
muvofiq 
ravishda 
tegishli 
byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo‘yicha vakolatlarni, 
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar 
xarajatlarining sarflanish yo‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini 
qonuniy biriktirilishini, byudjet to‘g‘risidagi qonunlarni ijro etish 
jarayonida olingan qo‘shimcha daromadlar, davlat byudjeti 
daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat 
byudjeti xarajatlari bo‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning 
mumkin emasligini, davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlarning ijro 
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo‘qotmalar va 
qo‘shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja-
lari 
hisobidan 
kompensatsiya 
qilishga 
yo‘l 
qo‘ymaslikni 
(qonunchilikning o‘zgarishiga bog‘liq holda vujudga kelgan 
holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016-yilga 
qadar o‘tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida 
byudjetlarning mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz 
berdi.
Davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag‘laridan 
foydalanishning natijadorligi prinsipining mazmuni shundan 
435 

ommaviy axborot vositalari; 

sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 

ijtimoiy siyosat. 
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish prinsiplari 
asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning 
turlari bo‘yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta 
va moliya organlarida tuzilgan mablag‘lar hisob-kitobi asosida 
aniqlanadi. 
Hisob-kitoblar 
asosida 
xizmat 
ko‘rsatiladigan 
kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko‘rsatkichlari 
(masalan, o‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda 
ularning yil davomida faoliyat ko‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi. 
Bu ko‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob 
birligiga to‘g‘ri keluvchi pulli xarajat davlat byudjeti tashkilotining 
faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin