19.1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko‘pchilik
hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa
mamlakatdagi mavjud byudjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining
tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi.
Shu ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetining o‘zaro
bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir.
Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga,
davlatning
iqtisodiy
tizimiga
va
uning
ma’muriy-hududiy
bo‘linishiga bevosita bog‘liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch
bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi
ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ
davlatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy byudjet, federatsiya
a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bo‘lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil
etiladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Byudjeti
kodeksi”da
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat
yuritishining prinsiplari belgilab berilgan:
•
davlat byudjeti tizimining yagonaligi;
•
davlat
byudjeti
tizimining
O‘zbekiston
Respublikasi
ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
•
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro
bog‘liqligi;
•
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish
va xarajatlarini rejalashtirish;
85
Darslikning 19-20-boblarini yozishda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” asos qilib olindi
.
Bu
o‘rinlarda
“Byudjet tizimi” va “Davlat byudjeti tizimi” iboralari bir xil tarzda talqin qilinadi.
437