Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
18.4. Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va 
 vazifalari 
Muammolar
. Hozirgacha davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha 
ayrim kamchiliklar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan 
iborat: 

davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi 
nisbatan past; 

davlat byudjeti mablag‘larini maqsadsiz sarflash amaliyoti 
mavjud; 

davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha rejalar bajarilmagan 
sharoitda xarajatlar ayrim yo‘nalishlarining moliyalashtirilishi 
noproporsionaldir; 

davlat byudjeti xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib 
yetilgan muammolarini hal eta olmayapti; 

subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib 
borayapti; 

milliy xo‘jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha 
qisqardi; 

va boshqalar. 
Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim 
bo‘lgan vazifalar. 
Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat 
byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy 
vazifalarni belgilab olishni va ularning o‘z vaqtida bajarilishini 
taqozo etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
441 

eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarga 
davlat byudjeti mablag‘larini yig‘ish (konsentratsiya qilish), ijtimoiy 
xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash; 

subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va 
ularning to‘liq qaytarilishiga erishish; 

iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat 
tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish; 

loyihalarni 
moliyalashtirishning 
davlat-tijorat 
amaliyotini 
kengaytirish 
asosida 
investitsion 
jarayonlarning 
nomarkazlashuvini davom ettirish; 

davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini 
boshqarish bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish; 

harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish 
asosida 
milliy 
mudofaaga 
mo‘ljallangan 
davlat 
byudjeti 
mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish; 

ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo‘naltirilayotgan 
dotatsiyalarni kamaytirish; 

maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli 
moddalari bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish; 

fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor 
moliyalashtirilishini ta’minlash; 

davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni 
kuchaytirish; 

davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning g‘aznachilik 
tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish; 

va boshqalar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin