464
iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘nalishlari muammolari bo‘yicha
chiqishidan
(ma’ruzasidan)
boshlanadi.
Masalan,
AQShda
Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma
bilan murojaat qilib, unda
moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi
.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da
quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo‘yiladi:
•
iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjetning faol
ta’sirchanligini ta’minlash;
•
moliyaviy va boshqa resurslarning
hukumat iqtisodiy va
ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish;
•
mablag‘larni sarflashda zaruriy proporsiyalar va ustuvorliklar
o‘rnatish;
•
davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib
topish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili
15 aprelga
qadar
kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini:
O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti loyihasini
tayyorlash
uchun
—
davlat
byudjeti
mablag‘larini
taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi
va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari
hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi
bo‘yicha takliflar so‘raydi.
Davlat
byudjeti
mablag‘larini
taqsimlovchilar,
Qora-
qalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent
shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini
tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli davlat
byudjeti so‘rovlarini tuzish to‘g‘risida
va ularni tayyorlash
muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari qarorlar
qabul qilinganidan so‘ng
Dostları ilə paylaş: