Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB. DAVLAT BYUDJETI JARAYONI



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
20-BOB. DAVLAT BYUDJETI JARAYONI 

20.1. Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, 
vazifalari, ishtirokchilari va prinsiplari 
 
Davlat byudjeti 
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, 
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini 
nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek‚ ular 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga davlat byudjeti jarayoni 
deyiladi
97
.
 
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti 
tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti 
huquqlari talablari bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat byudjeti 
jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi, 
uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini 
tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o‘ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining 
quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi: 

davlat byudjeti loyihasini tuzish; 

byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash; 

byudjetni ijro etish; 

davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va 
uni tasdiqlash. 
Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt 
bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin 
davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini 
ishlab chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar 
yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (davlat 
byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetining ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri 
keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar 
qo‘yiladi: 

alohida soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning 
bashoratlari 
va 
maqsadli 
97
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 3 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
453 

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari 
oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar 
bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag‘lar nazarda 
tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning 
topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti 
hisobini yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi; 

davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston 
Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi; 

O‘zbekiston 
Respublikasiga 
kelayotgan 
insonparvarlik 
yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi; 

davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
daromadlari 
va 
xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi; 

o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga 
muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin