462
•
pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
•
davlat va mahalliy nazorat organlari;
•
davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari;
•
davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va boshqalar.
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga
rioya qilinadi:
•
yagonalik;
•
mustaqillik;
•
balans usuli.
Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona
davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi,
mamlakatning
konsolidat-
siyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo‘ladigan statistik va
davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari
shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda
uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo‘lish imkoni berilganligi
bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari
daromadlarning o‘z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan
foydalanishning yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga
egadirlar.
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari
o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlar o‘rnatishda gavdalanadi. Unga rioya
qilinishi davlat byudjetining barqarorligini va xo‘jalik sohalari
o‘rtasida mablag‘larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi
kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining
daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu
prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: