440
ahvolini oldindan tekshirish va oldin berilgan davlat byudjeti
kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarning mavjud
emasligi davlat byudjeti kreditlarini taqdim etishning majburiy
shartlaridir.
Navbatdagi yil uchun davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda
davlat byudjeti kreditlari berilayotgan maqsadlar, ularni taqdim
etishning shartlari va tartibi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida ana
shular bilan birgalikda davlat byudjeti yili doirasidagi muddatda va
undan chetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin
bo‘lgan davlat byudjeti kreditlarining limitlari hamda qarz oluvchi
subyektlar bo‘yicha cheklanmalar o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: