438
•
shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog‘onaga
ko‘tarishning va Qurolli Kuchlarda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni
amalga oshirishning zarurligi;
•
mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;
•
va boshqalar.
Mudofaa xarajatlari obyektiv zarurat bo‘lishiga qaramasdan
ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham
davlatlar tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy
xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi.
Byudjetda ko‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining
guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali o‘tadigan to‘g‘ri (bevosita)
harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga
armiyani saqlash, qurol-yarog‘
va harbiy texnika sotib olish,
kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari,
harbiy xizmatchilarga maosh, pensiya va nafaqalar berish va
boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa va-
zirligining maxsus smetasida o‘z aksini topadi va respublika
byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Milliy mudofaa xarajatlarini rejalashtirishning o‘ziga xos
bo‘lgan xususiyati shundan iboratki,
bu yerda birinchi navbatda,
Mudofaa
vazirligi
bo‘yicha
xarajatlarning
umumiy
hajmi
aniqlanadi. Undan so‘ng esa harbiy okruglar va harbiy
qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi
harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog‘, harbiy texnika,
yoqilg‘i, oziq-ovqat va shunga o‘xshashlar) Mudofaa vazirligi
orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.
To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi davlat
byudjeti
xarajatlarining
boshqa
bo‘linmalari
bo‘yicha
moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo‘shinlarini saqlash
xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni
muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi
orqali
moliyalashtiriladi.
Bu
xarajatlarni
rejalashtirish
va
moliyalashtirish smeta tartibida amalga oshiriladi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan,
Qurolli
Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to‘lanadigan pensiya va
nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetining ijtimoiy
himoya bo‘limi bo‘yicha moliyalashtiriladi.
5. Davlat byudjetining boshqaruv xarajatlari quyidagi guruh-
lardagi xarajatlardan iborat:
443
•
Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qanday yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi?
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy
byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaysi
xarajatlar moliyalashtiriladi?
•
Byudjetdan mablag‘ ajratishning qanday usullari bor?
•
Iqtisodiyotni
byudjetdan
moliyalashtirishning
xarajatlari
tarkibiga nimalar kiradi?
•
Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
•
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari
qanday prinsip asosida
aniqlanadi?
•
Davlat byudjeti me’yorlari (normalari) tushunchasining mazmuni
nimada?
•
Davlat byudjeti tashkiloti smetasining xarajatlari tarkibini
aytib bering.
•
Amaliyotda pulli me’yorlar (normalar)ning qanday turlaridan
foydalaniladi?
•
O‘zining murakkablik darajasiga qarab davlat byudjeti me’yor
(norma)lari qanday guruhlarga bo‘linadi?
•
Kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yor (norma)
larning afzalliklarini aytib bering.
•
Davlat byudjeti me’yor (norma)lari qanday omillar ta’siri
ostida o‘zgarib turishi mumkin?
•
Xarajatlar smetasi nima va u qanday qismga ega emas?
•
Moliya organlari smeta asosida ijtimoiy ehtiyojlar uchun
xarajatlarning hajmini aniqlayotgan va u joriy yilning byudjeti
tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e’tibor berilishi
kerak?
•
Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday
ichki va tashqi omillarga bog‘liq?
•
Davlat (byudjeti) krediti nima va u qanday afzalliklarga ega?
•
Hozirda
davlat
byudjeti
xarajatlari
bo‘yicha
mavjud
kamchiliklarni aytib bering.
•
Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan
vazifalarni bilasizmi?
442
•
Davlat byudjetining kapital xarajatlari va ularning tarkibini
aytib bering.
•
Davlat byudjetining joriy xarajatlari va ularning tarkibini
tushuntirib bering.
•
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjeti
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
•
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha
guruhlarga ajratishning asosida nima yotadi?
•
Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlari
qanday guruhlardan tashkil topgan?
•
Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlarini aytib bering.
•
Davlat byudjeti xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday
guruhlarga ajratiladi?
•
Davlat byudjeti xarajatlari hududiy belgisiga muvofiq qanday
guruhlardan tashkil topadi?
•
Faqat
Respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
xarajatlarni aytib bering.
•
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi?
•
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret
tarkibi nimalardan iborat va ularning tuzilmasi qanday?
•
“Davlat byudjeti xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari
bir xil ma’noni anglatadimi?
•
Byudjetdan moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz?
•
Byudjetdan
moliyalashtirishning
umumiy
prinsiplarini
bilasizmi?
•
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan
birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan foydalaniladi?
•
Byudjetdan
moliyalashtirishning
qanday
usullaridan
foydalanish mumkin?
•
“Netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirishni bilasizmi?
•
“Brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish qanday
korxona va tashkilotlar uchun qo‘llaniladi?
•
Amaliyotda
byudjetdan
moliyalashtirishning
qanday
shakllaridan foydalanilmoqda?
•
Byudjetdan moliyalashtirish,
yuridik nuqtayi nazardan,
qanday ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi?
439
•
huquq-tartibot
organlari, sudlar va prokuratura organlarini
saqlash xarajatlari;
•
davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasi, Konstitutsiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa
idoralarni saqlash xarajatlari;
•
saylovlar va referendumlarni o‘tkazish xarajatlari. Bular
deputatlar,
Prezident,
mahalla
oqsoqollarini
saylash,
referendumlar o‘tkazish xarajatlaridan iborat.
Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish ijtimoiy
ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: