Tumanlar
va
shaharlar
byudjetlaridan
quyidagi
xarajatlar amalga oshiriladi
78
:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari, shu jumladan:
•
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktabgacha
ta’lim bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha
ta’lim,
umumiy
o‘rta
ta’lim,
maktabdan
tashqari
ta’lim
muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar
78
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 72 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
420
va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan
ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
•
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari
va
koykasiz
dispanserlar,
tumanlar
(shaharlar)
tibbiyot
birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari,
oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish
xarajatlari;
•
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
•
tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi
madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya
va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport
muassasalarini saqlab turish, shuningdek‚ madaniyatni, jismoniy
tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini
rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
•
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati
oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi
shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
•
tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo‘limlari, labora-
toriyalarni saqlab turish;
•
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shu-
ningdek‚ xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
•
uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini
olib borish;
•
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning
bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab
turish xarajatlari;
5)
tumanlar
va
shaharlar
byudjetlarining
zaxira
jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda
tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro
bog‘liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq
429
•
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;
•
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;
•
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti mablag‘laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat
boshqaruvi organlarini;
•
O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini
saqlab turish xarajatlari;
•
adliya va prokuratura organlarini.
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari;
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:
•
siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini
moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
•
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat
solig‘ining o‘rnini qoplash;
•
O‘zbekiston
Respublikasi
ishtirokchi
bo‘lgan
xalqaro
tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda
ishtirok etish xarajatlari;
•
davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan
bog‘liq xarajatlar;
•
davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash;
•
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya-sining
saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni
o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka
saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
•
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha
davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash;
•
davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish,
saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;
•
mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga,
bojxona organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy
xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni
o‘tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar
uchun xarajatlar, shuningdek‚ qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-
428
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
•
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat
organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari,
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish
muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish
xarajatlari;
•
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
•
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy
parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
•
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr,
shuningdek‚ geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini
yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan
foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini
saqlab turish xarajatlari;
•
atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik
xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;
•
«Sof ichimlik suvi» jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan
ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar.
4) respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari
buyurtmachi
bo‘lgan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari;
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
•
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;
•
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;
•
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;
421
kelishi va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi orqali
ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti
xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining miqdori bilan
cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi
esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari darajasi bilan aniqlanadi.
Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining
shunday hajmini va milliy xo‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda
davlat
byudjeti
mablag‘laridan
foydalanishning
shunday
muddatlarini o‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib,
maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa
tomondan esa, ishlab chiqarishning o‘sishiga ijobiy ta’sir qilish,
ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo‘jalikdagi
nisbatlarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari darajasining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni
milliy
xo‘jalikning
samaradorligi
nuqtayi
nazaridan
baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qo‘yadi. Bunda
milliy xo‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli
bo‘lgan daromadlarning qo‘shimcha ravishda o‘sganligiga e’tibor
berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir
vaqtning o‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy
muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan
chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo‘jalikning yakuniy natijasi
davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy
tuzilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan to‘g‘ri, iqtisod qilib va
samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham
hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan
holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish
ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish
lozim.
Milliy
xo‘jalikni
moliyaviy
tartibga
solishning
muhim
vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajatlaridir. Bu yerda,
odatda, moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo‘jalikdagi
oqilona proporsiyalarni ta’minlash maqsadida davlat byudjeti
mablag‘larini tarmoqlar va hududlar bo‘yicha taqsimlash va qayta
taqsimlashning shakllari va usullari majmui tushuniladi. Milliy
xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning obyektiv zarurligi katta
o‘zgaruvchanlik
bilan
xarakterlanadigan
uning
murakkab
organizmi bo‘lgan turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg‘arish
422
sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti
resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag‘larini taqsimlashda
vujudga kelgan proporsiyalarni o‘zgartirishi va buning oqibatida
ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi
va
boshqalarining
rivojlanishini
rag‘batlantirmasdan,
milliy
xo‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Davlat byudjeti
mablag‘larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy
komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur
sifat
o‘zgarishlarining
sodir
bo‘lishiga
–
ijtimoiy
ishlab
chiqarishning tarkibiy tuzilmasining o‘zgarishiga olib keladi.
Mamlakatning milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga
solish davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan
moliyalashtirish
jarayonlari
davomida
amalga
oshiriladi.
Rejalashtirish
jarayonining
o‘zidayoq
davlat
byudjeti
xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va
maqsadli kesimlarda) va vertikaliga
(boshqaruvning
turli
darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi.
Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o‘zining
ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan
tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish
imkoniga ega bo‘ladi. Mablag‘larni aniq taqsimlovchilarga davlat
byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag‘larini berish va
ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilib, iqtisodiyotning
rivojlanishi ustidan moliya organlari diqqat bilan kuzatuvni amalga
oshiradilar va zarur hollarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti
mablag‘larining nisbatlarini o‘zgartiradilar.
Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va
yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi prinsipi bo‘lmaganligi uchun bu
yerda davlat byudjeti resurslari bilan keng manyovr qilish va
shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag‘laridan har qanday zarur yo‘nalishda foydalanilishi
mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi
davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga,
milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda davlat byudjeti
mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir
omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan
belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti
xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi keyingi yillarda quyidagi
ma’lumotlar
bilan
xarakterlanishi
mumkin:
O‘zbekiston
427
•
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat,
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va
radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar
ta’minoti va ularga haq to‘lash, hukumatning alohida qarorlariga
ko‘ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va
videomahsulotlar
yaratish,
madaniy
meros
obyektlarida
restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga
muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha qonun hujjat-
larida
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;
•
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga
oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga
xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar
ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga
oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
•
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
•
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda
mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini
ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek‚
qonun
hujjatlarida
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
•
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi
munosabati bilan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va
mukofotlarini to‘lash xarajatlari;
•
bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan
nafaqalarni, qonun
hujjatlarida
ayrim
toifadagi
shaxslarga
belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga
mablag‘lar ajratish xarajatlari;
•
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan
shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim
toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va
kompensatsiyalarni
to‘lash
xarajatlari
jamoat
ishlarini
moliyalashtirish;
426
•
harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan
yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;
•
narxlardagi farqni qoplash.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtayi
nazardan, quyidagi ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi:
1)
xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
2)
xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va
mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.
Dostları ilə paylaş: |