Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga bog‘langan kreditlar – xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va
firmalari mablag‘lari hisobidan kreditor mamlakatdan tovarlar, ishlar va
xizmatlar sotib olish uchun qaytarilish va tiklanish asosida mablag‘larni jalb
qilish shakli.
Ts Tsessionariy – qayta sug‘urtalashda riskni o‘ziga qabul qiluvchi
sug‘urtalovchi.
E Egri (bilvosita) soliqlar – xo‘jalik aktlari va aylanmalari hamda
moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog‘ozlar
bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho
yoki tarifga ustama (qo‘shimcha) tarzida (ko‘rinishida) o‘rnatilib, soliq
to‘lovchilarning daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to‘g‘ri
(bevosita) soliqlardan farq qiladi.
Egri (bilvosita) soliqqa tortish – daromadlar sarf qilinayotgan
paytda to‘lanadigan soliqlar tizimini o‘z ichiga olib, daromadlar bilan emas,
balki xarajatlar bilan bog‘liqdir. Masalan, sotuvdan olinadigan soliq (sotuv
solig‘i), aktsizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va h.q. Egri (bilvosita) soliqqa
tortishda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki xizmatni ko‘rsatuvchi ularni
tarkibida ustama (qo‘shimcha) bo‘lgan bahoda (tarifda) sotadi va
tushumdan ma’lum bir soliq summasini davlat ixtiyoriga o‘tkazadi. Shunday
qilib, amalda u soliqlar yig‘uvchi, sotib oluvchi esa egri (bilvosita) soliqni
to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga mos ravishda egri (bilvosita) soliqqa
tortishda shu soliqni to‘lashi kerak bo‘lgan va shu soliqqa tortilishi lozim
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar turlicha shaxslardir.