Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya


 
 
Foyda solig‘i – 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib
byudjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘g‘ri (bevosita) 
soliqdir. Uning summasi soliq to‘lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy 
natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega 
bo‘lgan yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda 
bilan ma’lum chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa 
tortish obyektidir. Foyda solig‘i barcha soliqlar to‘langandan so‘ng korxona 
ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to‘lanadi.
Fuqarolarning yillik jami daromadi
- ularning korxonada olgan pul 
va natural ko‘rinishdagi barcha to‘lanmalaridan iborat. Xorijiy valyutada 
olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad 
olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valyutada 
aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish 
maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy 
nafaqalari 
(vaqtinchalik 
mehnat 
qobiliyatini 
yo‘qotganligi 
uchun 
nafaqalardan tashqari); kompensatsion to‘lanmalar; moddiy yordam 
ko‘rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi 
obligatsiyalari va lotereyalari bo‘yicha yuto‘qlar; banklar va boshqa kredit 
tashkilotlaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar va boshqalar. 
 

Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish
– quyidagilar 
respublika byudjetdan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni 
saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan tashkilotlar 
bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini 
ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat 
zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; 
davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet 
ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; 
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan byudjet 
tashkilotlarini saqlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli 
davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; er tuzish, meliorativ, 
tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini 
amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash
gidrometeorologiya, 
do‘lga 
qarshi 
kurash 
chora-tadbirlari; 
qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin