Xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish – quyidagilar yuqorida
771
Respublika byudjetining daromadlari – 1)qonun hujjatlarida
belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari,
yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida
belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini
joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3)qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha
davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan,
shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5)
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa daromadlardan iborat.
Respublika byudjetining xarajatlari – o‘z tarkibiga 1) respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘i oluvchilarning joriy
xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar
va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga
kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda
davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari
uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat
zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlarni qoplash
uchun
yuridik
shaxslarga
beriladigan
byudjet
transfertlari; 5)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet
dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari va byudjet ssudalari; 6) rezident-
yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari; 8)
davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va
byudjet ssudalari; 9) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlarni
oladi.