Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


To‘g‘ri (bevosita) soliqlar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

To‘g‘ri (bevosita) soliqlar
– daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs 
to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish 
va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
To‘g‘ri (bevosita) soliqqa tortish
– shaxsan yoki ish beruvchi orqali 
soliqlarni soliq xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash orqali amalga 
oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan iborat. Aniq bir 
shaxsning ahvoliga bog‘liq bo‘lmasdan, balki uning qanday mahsulotlarni 
sotib olishiga bog‘liq bo‘lgan egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi. 
To‘lov balansi
- ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida 
mamlakat tomonidan xorijga to‘langan to‘lanmalar va xorijdan olingan 
to‘lovlar o‘rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli davrda mamlakat tovarlari 
eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar 
balansini va notijoriy to‘lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar 
bo‘yicha to‘lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to‘lov balansi 
esa joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi, kapitallar va kreditorlar 
harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan 
tashkil topadi. 
To‘lov aylanmasi
– mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to‘lovlar 
(pul to‘lovlarining) majmui (yig‘indisi, to‘plami). 
To‘lovlarning navbatliligi
- bir necha muddatli va muddati o‘tib 
ketgan to‘lovlar mavjud bo‘lganda va ularni to‘liq to‘lash (qaytarish, uzish) 
uchun mablag‘lar etarli bo‘lmagan holda to‘lovchining hisob varag‘idan pul 
mablag‘larini o‘tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.
Tibbiyot sug‘urtasi
– sog‘liqni saqlash bo‘yicha aholi manfaatlarini 
sotsial himoya qilishning shakli. Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda 
fuqarolarga tibbiy yordam olinishini kafolatlaydi. Ikki shaklda amalga 
oshirilishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin