Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar – tegishli byudjetda
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni to‘liq qoplash maqsadida umumdavlat
soliqlaridan quyi byudjetdagi biriktirilgan daromadlarning ustiga yuqori
byudjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, korxonalardan olinadigan daromad
(foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kabilar
kiradi. Bu soliqlar bo‘yicha daromadlar quyi byudjetlardagi tushumlarni
tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha soliqlardan foiz
ajratmalari ko‘rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo‘yicha
ajratmalar bevosita quyi byudjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi
(normativi) esa davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi.
Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish – qarzni qaytarish va u
bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish.
Taqsimlanmagan foyda solig‘i – alohida soliq to‘lovchi sifatida tan
olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining
dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq – transport
vositalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan dvigatelning quvvatiga bog‘liqdir.
773
soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining
pasaytirilishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan
obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalarini
soliq to‘lashdan ozod qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni
chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq
kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq
imtiyozlarining ko‘rinishlaridir (turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan
olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy
qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik
shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy-
madaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga
qaratilgandir. Individual xaraktyerga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini berish,
odatda, ta’qiqlanishi kerak.
Soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning
hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarda
o‘rnatiladi. Proportsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog‘liq
bo‘lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq
stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi.
Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan
pasayadi.
Soliq tizimi - mamlakat doirasida (hududida) to‘lovchilardan (yuridik
va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar
va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari
yig‘indisi.