Soliq tushumlari – Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjet
daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi har bir
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va
moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan,
hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va
moliyaviy sanktsiyalar.
Soliq hisob-kitoblari – yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda
tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga
taqdim etilib, o‘zida ma’lum hisobot davri mobaynida to‘lanishi lozim bo‘lgan
hisoblangan to‘lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash
tartibi soliq qonunchiligiga ko‘ra har bir soliq turi bo‘yicha alohida-alohida
belgilanadi.
Soliq bitimlari - bir mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining
ikkinchi mamlakatda olgan daromadlari ayrim turlarini va boshqa
mamlakatning hududida joylashgan shu shaxslarning mol-mulkini soliqqa
tortish huquqini har bir mamlakatga biriktirishga mo‘ljallangan mamlakatlar
o‘rtasidagi o‘zaro soliq munosabatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan
yuridik hujjat. Amaliyotda soliq bitimlarining ikki turi uchraydi: 1) maxsus
(cheklangan) soliq bitimlari – ular cheklangan xarakterdagi masalalarni
(xalqaro yuk tashish, bojxona to‘lovlari, imtiyozli soliq rejimi va shu kabilar;
2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari imzolanayotganda davlatlar
quyidagi asosiy vazifalarni yechishga harakat qiladilar: ikki marta soliqqa
tortishga barham berish sxemasini aniqlash – o‘zaro kelishayotgan
davlatlar uchun faqat u yoki bu daromaddan soliq undirish huquqi
biriktiriladi; har ikkala davlatda soliqqa tortish huquqi saqlanib qolganda
ham ikki marta soliqqa tortish mexanizmiga barham berish; soliq to‘lovchini
boshqa mamlakatlarda diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan himoya
qilish; soliqqa tortishdan bo‘yin tovlashni aniqlash va konventsiyani bajarish
maqsadida o‘zaro informatsiya almashish. Bunda quyidagi to‘rt guruh
masalalar ko‘rib chiqiladi: konventsiyaning qo‘llanish doirasi; soliqlarni
davlatlar o‘rtasida taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga barham berish;
harakat qilish qoidalari. Shu bitim bo‘yicha tartibga solib turiladigan
soliqlarning turlari va shaxslarning (yuridik va jismoniy) ro‘yxati ham
aniqlanadi.
Soliq nazorati – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash
779