Neokeynschilar nazariyalari . J.M.Keynsning izdoshlari
o‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik
elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga
iqtisodiy o‘sish nazariyasi ni yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko‘pgina
mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris;
Buyuk Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Fransiyadan –
F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan
ishlab chiqilgan moliyaviy konsepsiya muhim o‘rinni egallaydi.
Ular
fiskal antitsiklik nazariya ning yaratilishini nihoyasiga
yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy
taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi
o‘zgarishlarga borib taqaladi.
Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida
“
defitsitli moliyalashtirish ” g‘oyasini olg‘a surdilar. Ular davlat
qarzlarining o‘sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini o‘sishi
bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini
isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta
miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi olimlarning ma’lum bir
guruhini, shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal,
G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal
etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “
byudjetni tsiklik balanslashtirish ”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini
iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu
nazariyaga muvofiq iqtisodiy inqiroz paytida vujudga kelgan
byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o‘sish davrida paydo bo‘ladigan
ortiqcha imkoniyatlar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu
tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik
mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul
fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag‘lari iqtisodiyotning
190
boshlandi. Jahon iqtisodiy inqirozi yillariga (1929-1933 yillar) kelib
bu jarayon yanada kuchaydi.