Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

MOLIYAVIY ISLOH QILISH 

9.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh 
qilishning zarurligi va mazmuni 
 
XYuSlarning 
faoliyatida 
sifat 
o‘zgarishlarni 
amalga 
oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. 
Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari 
rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi 
bo‘g‘in (XYuSlar)ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor 
iqtisodiyotida XYuSlar o‘zaro aloqalarining umumiy modeli 
quyidagi chizmada keltirilgan (9.1.1-chizma): 
9.1.1-chizma. 
Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘zaro 
aloqalarining modeli 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi 
sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida 
o‘zgaruvchan 
talab 
va 
taklif 
asosida 
raqobat 
muhitida 
aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. 
Baholarning yig‘indisi tushumning miqdorini aniqlab berganligi 
uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli 
bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida rivojlanishning 
bozor omillari o‘zgarishini har tomonlama hisobga olish o‘rtasida 
to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, 
Davlatning tartibga soluvchi ro‘li 
Sotuvchi 
(ishlab 
chiqaruvchi

Bozor 
bahosi 
Xaridor 
(iste’molchi) 
Raqobat muhiti 


212 
firmalar va korporatsiyalar moliyaviy faoliyatining butun falsafasini 
prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYuSlarning moliya 
munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan choralar 
tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni moliyaviy isloh 
qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Mamlakatimizda 
2016-yilda 
boshlangan 
iqtisodiy 
islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh 
qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi 
texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni 
rivojlantirish 
yo‘li 
bilan 
mahsulotlar 
va 
xizmatlar 
raqobatbardoshligini ta’minlash; 

XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini 
oshirish; 

XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning 
moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb 
qilish; 

ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish 
va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish 
asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYuSlarning 
investitsion jozibadorligini oshirish; 

aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini 
bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi 
va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish. 
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda 
kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng 
yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va 
shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni 
o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foyda hajmini ko‘paytirish alohida 
o‘rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti aktiv 
(kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof 
foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula 
shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin