Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

9.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida 
moliyaviy zaxiralar
 
 
Har qanday XYuSning barcha salohiyatidan birdaniga va 
birvarakayiga to‘la foydalanish amalga oshishi qiyin hodisa. 
Amaliyotda 
biror 
korxona 
yoki 
tashkilotning 
barcha 
imkoniyatlaridan 100% foydanayotganga o‘xshash tasavvur 
tug‘ilishi mumkin. Lekin bunday tasavvur noto‘g‘ri va aslida hali 
ishlatilmayotgan zaxira imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin. 
XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omillarning o‘zaro ta’siri 
natijasida 
vujudga 
keladigan 
foydalanilmagan 
potensial 
imkoniyatlar ular 
ishlab 
chiqarish-iqtisodiy 
va 
moliyaviy 
faoliyatining zaxiralari (rezervlari) bo‘lib hisoblanadi. 
Moliyaviy zaxiralarni qidirib topishning asosiy usuli moliyaviy 
tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy 
rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab 
chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar zaxiralarni 
qidirib topish va ulardan foydalanish XYuS xodimlari uchun doimiy 
faoliyatga 
aylanmog‘i 
lozim. 
Xorijiy 
(Yaponiyadagi 
sifat 
to‘garaklari, AQSh va Germaniyadagi yangiliklar to‘g‘risidagi 
takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or 
kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni 
izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, 
yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda investitsiyalar 
o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy 
taraqqiyot sur’atlari oshadi. 
Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. 
Muhimlik darajasiga qarab, moliyaviy zaxiralarni shakllantirish 
darajalari va omillari quyidagi chizmada aks ettirilgan: 
Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng 
muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. 
Rivojlanayotgan intellektual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish 
va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul 
qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi 
iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. 


218 
Mol-mulkni 
inventarizatsiya 
qilish 
va 
XYuS 
mulkiy 
kompleksini 
restrukturizatsiya 
qilishni amalga oshirish 
Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, XYuS 
mol-mulkidan 
oqilona 
foydalanish, 
ulardan 
foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshiradi 
Erga egalik huquqini amalga 
oshirish 
Barcha mulkiy kompleksga egalik huquqini to‘laqonli 
amalga oshirish hisobidan XYuSning investitsion 
jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy 
mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi 
XYuS 
ustavini 
qayta 
ko‘rib 
chiqish va menejment bilan 
shartnomani aniqlashtirish 
Rahbarlar su’istemolliklari imkoniyatlarini cheklash, 
ishtirokchi 
(ta’sischi)lar 
oldidagi 
ularning 
javobgarliklari va XYuS faoliyatining natijalaridan 
ularning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda 
boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishi mumkin 
Moliyaviy hisobotning xalqaro 
andozalaridan 
foydalanishga 
o‘tish 
XYuS faoliyatining “oydinlik” darajasini oshirish va 
investitsion 
jozibadorlikning 
yanada 
yuqoriroq 
darajasini ta’minlaydi 
Byudjetlar tizimidan foydalanish 
asosida XYuSning asoslangan 
biznes-rejasini ishlab chiqish. 
Qarziy 
mablag‘larni 
jalb 
qilishning joriy va istiqboldagi 
rejalarini tuzish 
XYuS xo‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan 
mo‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYuS joriy va 
istiqboldagi rivojlanishining eng muhim muammo-
larini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning 
kontsentratsiya qilinishiga imkon beradi. 
Taraqqiyot bashoratlarini bozor 
muhitining asosiy parametrlari 
bilan bog‘liqlikda ishlab chiqish 
Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa esa, o‘z 
navbatida, iqtisodiy o‘sishni rahbatlantiradi va uning 
barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha 
sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga 
oshirish mumkin. 
Harakat 
(amal)dagi 
XYuSda 
investitsion-biznes 
loyihani 
ishlab chiqish 
Ishlab 
chiqarish 
siklining 
alohida 
joylarida 
taraqqiyotning asosiy proporsiyalarini asoslash va 
quvvatlardagi 
nomuvofiqlilikka 
barham 
berish. 
XYuSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
ancha oshirishga xizmat qiladi 
Aktivlarning tarkibi va tarkibiy 
tuzilmasini takomillashtirish 
Yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga muvofiqligini ta’minlash maqsadida 
XYuSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini 
oshirish. Aktivlarni ularning “ballast” qismidan 
tozalash va keraksiz aktivlarni sotishga yordam 
beradi 
XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari 
kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini 
oshirish, XYuS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga 
erishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bo‘ysunishi 
va o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida 
ancha yuqori samaraga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
215 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin