216
faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning
aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri
keluvchi bir so‘mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi
aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko‘p
aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi.
(A : O‘k)
nisbati esa bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning
umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri
keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi
shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy
faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo‘shimcha
manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu
narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon
beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro
bog‘liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab
berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar
XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi,
ularning
aylanish
tezligi,
sotish
hajmi
va
sotilayotgan
mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biznes-rejani ishlab
chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion
biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash
uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan foydalanish maqsadga
muvofiq. Bu koeffitsiyent XYuSga tegishli bo‘lgan tushumning
barcha aktivlarning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.
Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: