238
ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan
tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul
mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim
holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida
e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda
yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning
o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniylik darajasi
juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi
bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy
ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda
mazmun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning
mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holat (vaziyat)da
XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham)
o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish
(uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot
kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi.
XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va
baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda)
moddiy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab
chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig‘imi)
kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-
qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi (kamayadi). Ana shu
munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri
quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblanadigan XYuSning
iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘rsatkichidir:
Dostları ilə paylaş: