Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
10-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 
MOLIYAVIY RESURSLARI 

10.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
resurslari va kapitali 
 
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining 
pul 
shaklida 
harakat 
qiladigan 
bir 
qismi 
hisoblanadi. 
Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar 
mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni 
XYuSning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab 
chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va 
materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga 
o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS 
vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini 
farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, 
odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar 
uchun mo‘ljallangan vositalar va fondlar (masalan, asosiy 
fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish 
vositalari (yuqorida qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, 
xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar 
va shunga o‘xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. 
Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish 
uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, 
mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari 
emas, balki amaldagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi. 
Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga 
keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, 
mablag‘lar va resurslarni yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. 
Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bankrotga 
uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan 
aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo‘lmagan qismini olishga 
muvaffaq bo‘lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan hatto, 
sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor 
mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng 
pul mablag‘iga aylanadi. 
233 
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-
lantirishga mo‘ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul 
shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va 
natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab 
chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual 
qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va 
harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, 
takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan 
va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va 
intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. 
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi 
holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va, 
shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli 
moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul 
mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul 
shaklida bo‘lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, 
ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli 
tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, 
ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga 
muvofiq emas. 
Dastlabki 
(birlamchi) 
kapitalning 
ishlab 
chiqarishga 
investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining 
kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) 
sifatida XYuSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, 
tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul 
mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali 
buni quyidagicha ifodalash mumkin: 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin