242
Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o‘rnatilgan me’yorlarga
muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari
boshlang‘ich qiymatini to‘liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb
ataladi.
Bu
davr
tugaganidan
so‘ng
asosiy
kapitalga
avanslashtirilgan pulli qiymat o‘z aylanishini tugatadi va yana
mehnat vositasiga aylanadi.
Bu fursatga yetgunga qadar
o‘tkazilayotgan qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda
amortizatsiya fondi ko‘rinishida jamg‘arilib boriladi hamda
shundan keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklash
uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan
shakli sifatida asosiy fondlar –
uzoq vaqt davomida natural-
iste’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan
moddiy boyliklar yig‘indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy
mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi:
•
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
Dostları ilə paylaş: