Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar •
Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning
umumiy modeli qanday ko‘rinishga ega?
•
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy
isloh qilishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
•
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda
kapitalizatsiya jarayoni qanday rol o‘ynaydi?
•
Kapitallashtirishning asosiy manbaini aytib bering.
•
Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
•
Aktivlarni kapitallashtirish koeffitsiyentining aniqlanish tartibi
qanday?
•
Kapitallashtirish jarayoni nimalarga asoslanishi kerak?
•
Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish dasturini
ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq?
•
Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko‘zda tutadi?
•
Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish
qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin?
•
XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilinish
samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi nima va uni
qanday aniqlash mumkin?
•
Dyupon formulasining ko‘rinishi qanday va uning yordamida
nimani hisoblash mumkin?
•
Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi qanday
o‘zgaradi?
•
Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, degan
tasdiq to‘g‘rimi?
•
Qanday ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning
aylanma (aktivlar) kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish
borasidagi mahoratini aks ettiradi?
•
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash
uchun qanday koeffitsiyentdan foydalanish maqsadga muvofiq?
•
Xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi va u nimani
ifodalaydi?
•
Kapitalning optimal (oqilona) tarkibiy tuzilishi koeffitsiyenti
qanday aniqlanadi?
235
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya
bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning
moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni
egallay boshlaydi. Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbai
bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning
yaxshilanishini,
chiqarilayotgan
mahsulot
assortimentining
kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning
rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar tashkil
etiladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati
XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag‘larni jalb
qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni
aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag‘larning
XYuS o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib,
uning to‘lovga layoqatligiga kreditorlariga ham, hamkorlariga ham
shubha tug‘dirmasligi mumkin.
Tijorat
XYuSlarning
moliyaviy
resurslari
quyidagi
manbalardan tashkil topadi:
•
mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan
moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi
fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi);
•
ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‘liq bo‘lmagan sotishdan
keladigan tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor
bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy
resurslar;
•
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar
(kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning
boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli
qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va
boshqalar);
•
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy
resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi
bo‘yicha; sotsial sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);
•
badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va
jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).