F р - realizatsiya omilining ta’siri ostida
foydaning o‘zgarishi;
∆
F
ас - realizatsiya qilingan mahsulot assorti-
mentining o‘zgarishi natijasida
foydaning o‘zgarishi.
Albatta, foydaning miqdoriga XYuSning soliq siyosati ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar tovar
bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda,
bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal
qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar XYuSning sof
foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans
(umumiy) foyda va uning byudjetga to‘langan qismi o‘rtasidagi
farq sifatida hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iloji boricha XYuSlar foydasining asosiy
qismi byudjetga olinmasligi va XYuSning ixtiyoriga qoladigan sof
foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmog‘i
lozim. Bu, eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo‘lib, amal
(harakat)dagi XYuSlarda ularning manbai sof foydadir. XYuSlarda
sof foyda bo‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning
realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bo‘lib, ularning sog‘lom
faoliyatini ta’minlashga yetarli bo‘lishi kerak.
Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning
quyidagi parametrlariga chiqishga harakat qilmog‘i lozimki, ular
XYuS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy
tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi:
- to‘lovga qobillik koeffitsiyenti -
≥
1;
- joriy likvidlik koeffitsiyenti -
≥
2;
- aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘-
lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti -
≥
0,1;
- absolyut likvidlik koeffitsiyenti -
≥
0,2;
- zaxira va xarajatlarning hajmi (o‘lchami)
ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga
teng (
≤
) bo‘lishi kerak.
XYuS faoliyatini zarar (ziyon)siz va tanazzulsiz bo‘lishini
ta’minlash
uchun
kompaniya
ishtirokchilari
va
moliyaviy
menejment
tomonidan
bu
ko‘rsatkichlar
doimiy
ravishda
monitoring qilib borilishi va zarur bo‘lgan hollarda ularning
darajasi o‘z vaqtida o‘zgartirilishi lozim.