262
•
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi?
•
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning
qanday
mulklari
kiradi?
Ular
bo‘yicha
amortizatsiya
hisoblanadimi?
•
Asosiy fondlarning tarkibi va ularning aktiv va passiv
qismlarini tushuntirib bering.
•
Asosiy kapital doiraviy aylanishining
samaradorligini tahlil
qilishda qanday omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq?
•
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini
hisoblashning asosiy usullari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
tushuntirib bering.
•
Chiziqli metod qo‘llanilganda bir oy uchun hisoblangan
amortizatsiyaning summasi qanday aniqlanadi?
•
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash
qanday amalga oshiriladi?
•
Asosiy kapitalning doiraviy
aylanish jarayonida vujudga
keladigan o‘z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya
fondidan tashqari, yana qanday daromadlar
va turli tushilmalar
ham kirishi mumkin?
•
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul
mablag‘larining manbalarini qanday guruhlarga bo‘lish mumkin va
har bir guruhning tarkibiga nimalar kiradi?
•
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok
etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi
qanday aniqlanadi?
•
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni
baholashda XYuS
moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi qanday
umumiy
moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan
foydalanish
maqsadga muvofiq?
•
Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi qanday
aniqlanadi?
•
Fond qaytimi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlarini hisoblash
tartiblari qanday?
•
Smenalik koeffitsiyent qanday aniqlanadi?
•
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining
eskirish koeffitsiyenti
nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?
•
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsiyenti
nimani anglatadi va u qanday hisoblanadi?
267
•
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va
ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish,
shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish xarajatlari;
•
tabiiy resurslarni o‘zlashtirish xarajatlari;
•
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
•
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xarajatlari;
•
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
xarajatlar.
Yuqoridagilardan tashqari bu
xarajatlar yana quyidagicha
guruhlanishi mumkin:
•
moddiy xarajatlar;
•
mehnat haqi xarajatlari;
•
hisoblangan amortizatsiya summalari;
•
boshqa xarajatlar.
XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo‘lgan
ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
moddiy xarajatlar;
•
amortizatsiya ajratmalari;
•
mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
•
ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
•
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o‘zgarishi va
boshqa xarajatlar;
•
kelgusi davr xarajatlari;
•
kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari;
•
va boshqalar.
Sotishdan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va
sotish bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Resurslarning
samarali
boshqaruvchanligini
ta’minlash
uchun
mahsulotning
tannarxi
XYuSning
alohida
olingan
bo‘linmalari bo‘yicha hisoblanadi. U o‘z ichiga shu bo‘linmaning
xarajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYuS xarajatlarining rejali
hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo‘ladi.
XYuSning barcha xarajatlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha (u
yoki bu klassifikatsiyaning asosida nima qo‘yilganligiga bog‘liq
ravishda) tasniflash (klassifikatsiya qilish, turkumlarga ajratish)
mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning quyidagi
belgilar bo‘yicha tasniflashni o‘z ichiga oladi:
266
uchun ongli ravishda yo‘qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni
xarakterlaydi (tavsivlaydi).
“XYuSning xarajatlari” tushunchasi “XYuSning chiqimlari”
tushunchasidan farq qilib, ular bevosita moliyaviy kategoriyalar va
birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog‘langan.
Shuning uchun ham XYuSning xarajatlariga
uning mohiyatini
ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: