258
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha
bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir
elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab
chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori
ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan
rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga
oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq:
•
ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi;
•
ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
•
mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;
•
mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
•
materiallar sifati;
•
hisob-kitoblar tizimi;
•
va boshqalar.
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga
(ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik
ehtiyojlarning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha
intervali
(oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda
o‘rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24
kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu
kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom)
rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim.
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi
tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida
normalashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan
aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor
kunlarda
aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag‘larning normativi
XYuSning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal
darajada
zarur
bo‘lgan
tovar-moddiy
boyliklarning
pulda
ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan
aylanma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
Dostları ilə paylaş: