274
foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik
jarayonini amalga oshirish o‘zining mazmuniga ega bo‘ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko‘rinishlarda aks ettirilishi
mumkin:
•
yalpi foyda;
•
operatsion foyda;
•
sof foyda.
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va
zararlar to‘g‘risidagi hisobotda o‘z aksini topadi. Bu hisobot
moliyaviy tahlil uchun zarur bo‘lgan quyidagi muhim ma’lumotlarni
o‘zida namoyon etadi:
•
mahsulotni sotishdan olingan tushum summasi;
•
soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi;
•
foydadan olinadigan soliq summasi;
•
XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki
foyda-netto) summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko‘rsatkichlar
yuqoridagi
hisobotda mavjud bo‘lmaganligi uchun ba’zi bir analitik
indikatorlar qo‘shimcha tarzda hisoblanmog‘i lozim. Bundan
tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning
hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish
imkoniyatiga ega bo‘lish juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun
qulay shaklda har qanday ma’lumotni operativ ravishda olish ham
muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning
turli manbalarini
hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va
zararlar to‘g‘risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular,
birinchidan, faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar
va xarajatlar,
ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar
sifatida guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar va
xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan
tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo‘shilgan
qiymat
solig‘i, aksizlar va shularga o‘xshash majburiy to‘lovlar
chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o‘rtasidagi
farqdan iborat bo‘lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa,
sotuvdan olingan foyda paydo bo‘ladiki, u faoliyatning odatdagi
ko‘rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so‘ng boshqa
287
Firmalarning
preykurantlarida,
ma’lumotnoma
(spra-
vochnik)larda va boshqa adabiyotlarda e’lon qilingan baholar
Dostları ilə paylaş: