Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

preykurant baholar
deb ataladi. 
Hisob-kitobli baholar
individual buyurtmalar bo‘yicha 
noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida 
qo‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi 
tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijorat 
shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va 
asoslanadi. 
Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda
baholarning 
quyidagi turlari mavjud: 

auksion baholar; 

birja baholari ( birja kotirovkalari); 

savdolar baholari. 
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rib chiqilgan tovarlar 
partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy 
sotish bahosi 
auksion baholar
deyiladi. Bunday baholar talab va 
taklif o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi natijasida belgilanadi. 
Birja 
orqali 
sotiladigan 
standartlashtirilgan 
(ando-
zalashtirilgan) bir xil (toifa)dagi tovarlarning (shu jumladan, 
qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi 
birja baholari (birja 
kotirovkalari)
deb ataladi. 
Savdolar 
baholari
ixtisoslashtirilgan 
savdo 
alohida 
shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat 
(tender)da oldindan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni 
yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga 
oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo‘ladi. 
Hududiy 
bozorlarga 
bog‘liqligini 
nazarda 
tutib
baholarning turlari quyidagicha farqlanadi: 

yagona (yaxlit) baholar; 

mintaqaviy baholar; 

mahalliy baholar. 
Yagona (yaxlit) baholar
mamlakatning barcha hududlarida 
amal qiladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi (belgilanadi) va 
tartibga solinadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin